Vatan himoyachilari kunining umumxalq miqiyosda, keng nishonlanayotgani, qadrlanib borayotganligi, nufuzi oshayotganligining ikkita sababi bor.
Birinchisi – xalqimizning qonida jasorat, vatanparvarlik kabi ezgu fazilatlarning borligi.
Ikkinchisi – davlatning ana shu fazilatlarni qo‘llab-quvvatlayotganligi.
Qolaversa, davlatimiz “Agar sen o‘z armiyangni boqmaydigan bo‘lsang, boshqa birovning armiyasini boqasan” degan dunyoviy naqlga, talabga amal qilayotganligidir. Vatani himoya qilish – bu uning tuprog‘ini, sarhadlarini himoya qilishgina emas, balki shu Vatanda yashagan ajdodlari, yashayotgan avlodlari sha’nini himoya qilish degani. Bugun O‘zbekiston armiyasi qudratli armiyaga aylandi. Bugun ongli, bilimli, iqtidorli, zamonaviy ilmlar bilan qurollangan katta armiyaga ega bo‘ldik. Harbiylarimiz jangovar va ma’naviy qudratini, salohiyatini namoyish etmoqda.
Shaxsan o‘zim hamisha harbiylarga havas bilan qarayman. Ularga uy topshirayotganda oilasi, farzandlari quvonchini ko‘rib, havasi keladi kishining. Uylariga kirib suhbatlashaman, hayoti bilan, orzu-maqsadlari bilan qiziqaman. Harbiy qismlardagi uchrashuvlarda, askar va xizmatchilar bilan suhbatlashganimda ularning kayfiyatini bilishga harakat qilaman. Xursand bo‘lganim – harbiylarimiz juda ko‘tarinki kayfiyatda, ishidan mamnun, bugunidan rozi, ertasidan ko‘ngli to‘q.
E’tiborlisi, ularning oilasida ham shunday muhit hukmron. Bu albatta, harbiy sohaning takomillashganini, xizmat nufuzining oshgani samarasi. Vatanini yurakdan sevgan inson jasoratli bo‘ladi. Jasoratli odam hamisha qudratlidir. Qudratli insonda esa aql-zakovat birday ishlaydi. bugungi harbiylarimizni hech ikkilanmay, jasoratli, qudratli va aql-zakovati yuksak kishilar deb aytishga to‘la haqlimiz!
Erkinjon Turdimov,
Samarqand
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 13
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.