Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

G‘olib jamoa finalga yo‘l oldi

G‘olib jamoa finalga yo‘l oldi

Samarqand shahrida “Zakovat” intellektual o‘yinining “Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogi” turniri viloyat saralash bosqichi o‘tkazildi.

Unda Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi va Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining 34 ta jamoasi bellashdi.
Kadastr agentligi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasi Kattaqo‘rg‘on shahar filiali xodimlaridan tashkil topgan “Mirzo Ulug‘bek” jamoasi “Zakovat” intellektual o‘yinining “Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogi” turniri viloyat saralash bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Jomboy tumani davlat soliq inspeksiyasining “Lochinlar” va Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasining “Everest” jamoalari mos ravishda ikkinchi hamda uchinchi o‘rindan joy oldi. G‘olib va sovrindor jamoalarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi
G‘olib jamoa “Zakovat” intellektual o‘yinining “Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogi” turniri final bosqichida ishtirok etadi. Turnirning final bosqichi joriy yilning 25 dekabr kuni o‘tkaziladi.
– Ushbu bellashuv intellektual salohiyatimizni sinovdan o‘tkazish va qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishimizda ayni muddao bo‘ldi, – deydi Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasining “Maroqand” jamoasi a’zosi Navro‘z Fayzullayev. – Qolaversa, bilimlar bahsi inson dunyoqarashini kengaytirish, qisqa fursatda tez va aniq qaror qabul qilish ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu bellashuvda ancha qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldim.


Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati


Киритилган вақти: 13/12/2021 19:44.   Кўрилганлиги: 427
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/press/news/golib-jamoa-finalga-yol-oldi

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 2
Меҳмонлар: 11

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.