Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filialida qator masalalar muhokama etildi.
Muhokamalarda jamiyat boshqaruv raisining birinchi о‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Alvar Gaybullayev, viloyat prokurori Jahongir Hotamov, IIB va qator korxona-tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi masalalar doirasida ijtimoiy tarmoqlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Samarqand hududiy filiali Yuridik bo‘limi boshlig‘i Ikrom Samatovning so‘zlari deya joylashtirilgan, ko‘plab salbiy fikrlar va e’tirozlarga sabab bo’lgan video lavha ham muhokama etildi. Tomonlar fikrlari eshitildi. Odob-axloq me‘yorlari va funksional vazifalar doirasida amalga oshirilishi zarur bo’lgan masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Muhokama yakunida AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari so‘zga chiqib, yuridik bo‘lim boshlig‘i Samatov Ikrom Sanatovich jamiyatning Samarqand hududiy filiali direktori buyrug‘i bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilganligini ma‘lum qildi. Shuningdek, muhokamada hududiy filial direktori o‘rinbosari G.Saydullayevaning huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yo‘llagan murojaati doirasida masalaga huquqiy baho berilishi bildirildi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 2
Меҳмонлар: 7
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.