Viloyatda mavjud tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari diqqatiga!
Hurmatli tadbirkorlar!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi barcha turdagi tadbirkorlik sub’ektlarini hamkorlikka chorlaydi.
Agar siz o‘z faoliyatingizni yo‘lovchi tashish sohasi orqali kengaytirmoqchi bo‘lsangiz biz amaliy yordam berishga tayyormiz.
Respublikamizda yo‘lovchi tashish sohasida yaratilgan yangicha tizim, tashuvlardan ko‘rilgan zararni qoplab berilishi, tenderlarning shaffof va elektron tarzda o‘tkazilishi - bularning barchasi sohaga berilayotgan e’tibordan dalolatdir.
Bunda sizdan talab qilinadigan yagona shart - avtobus yoki mikroavtobus xarid qilishdan iborat.
Avtobus yoki mikroavtobus xarid qiling va viloyat yoxud shahar miqyosidagi avtobus va yo‘nalishli taksi (mikroavtobus) yo‘nalishlarida faoliyatingizni boshlang.
Viloyat transport boshqarmasi sohada faoliyat olib borishungiz uchun amaliy yordam berishga tayyor.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 2
Меҳмонлар: 11
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.