Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

2023 yilda Samarqandda mahalliy byudjetlarga tushumlar hajmi 4,8 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda

2023 yilda Samarqandda mahalliy byudjetlarga tushumlar hajmi 4,8 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda

O‘tgan yil viloyatimizda barcha sohalarda o‘sish sur’atlari kuzatildi. Pandemiya davridan keyin bunday ijobiy o‘zgarish iqtisodiyot tarmoqlari barqaror rivojlanayotganligini ko‘rsatdi.

Erishilgan natijalar va to‘plangan tajribalar asosida joriy yilda ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash rejalarini ishlab chiqdik.

Xususan, 2023 yilda viloyatimizda mahalliy byudjetlarga tushumlar hajmini 4 trillion 838 milliard so‘mga yetkazish rejalashtirilgan va o‘tgan yilga nisbatan 32 foiz o‘sishga erishiladi.

Buning uchun 11880 ta kichik biznes sub’yekti tashkil etiladi (2022 yilda 10706 ta). Rejaga asosan o‘tgan yilga nisbatan 11 foiz ko‘p aholi tadbirkorlikka jalb qilinib, yil yakunigacha qo‘shimcha 20690 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yekti ro‘yxatga olinadi. O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ham o‘tgan yilgi 172,7 mingdan 190 mingtagacha oshiriladi.

Albatta, bu loyihalarning amalga oshirilishi mablag‘ga bog‘liq. Shu bois, o‘tgan yil aholi tadbirkorligi uchun 20 milliard 254 million so‘m subsidiya yo‘naltirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu miqdor 49 milliard 750 million so‘mga yetadi. O‘tgan yili 3470 ta mikroloyiha va uy tadbirkorligi loyihalari amalga oshirildi, bu yil ularning soni 3889 tagacha yetkaziladi.

Viloyat iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohasi asosiy drayverlardan hisoblanadi va bu tarmoqda imkoniyatlarimiz katta. Shu bois, sohani yanada rivojlantirish, aholini ushbu yo‘nalishda tadbirkorlikka jalb qilish borasida ham yangi rejalar ishlab chiqdik. Jumladan, tashqi reklama ob’yektini auksionga chiqarish yo‘nalishida o‘tgan yili 1428 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil 2200 ta ob’yekt savdoga qo‘yiladi. Ko‘chma xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilishi ham 2022 yilga nisbatan 233 foizga oshirilib, 7369 taga yetkaziladi. Mahallalarda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etish hajmi ham o‘tgan yilgidan 11 foizga oshiriladi.

2022 yilda viloyat bo‘yicha 327 gektar bo‘sh yer maydoni 6709 ta lotga bo‘linib, auksion savdolariga chiqarilgandi va bu o‘z samarasini berdi. Shu bois, joriy yilda yana 331 gektar yer maydoni 6776 ta lotda savdoga qo‘yiladi. Bundan tashqari, sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik yo‘nalishlarida tashkil etiladigan mikromarkazlar uchun tavsiya etiladigan 44 ta bo‘sh yer maydoni auksion savdolariga chiqariladi.

Tadbirkorlikni kengaytirish iqtisodiyotni rivojlantirish va ishsizlikni kamaytirishning asosi hisoblanadi. Bu yo‘nalishda o‘tgan yili 28,2 mingdan ortiq fuqaro ishbilarmonlik ko‘nikmalariga o‘qitildi, bu yil ular soni 34,5 mingdan ortadi. Hunarmandchilikni tashkil etish, shogirdlar tayyorlashga 12 mingdan ortiq aholi jab etilgandi, joriy yilda qamrovni 3 foizga oshiramiz.

O‘tgan yili bo‘sh turgan davlat mulki ob’yektlarining 53 tasi xususiylashtirildi, 1519 tasi ijaraga berildi. 2023 yilda esa yana 73 ta ob’yektni xususiy sektorga o‘tkazish va 2884 ta ob’yekt ijaraga berish rejalashtirilgan.

Tajribadan ko‘rinadiki, yer berish faqat fuqaroni ish bilan ta’minlab qolmasdan, balki aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash va narx-navo barqarorligiga erishish imkonini beradi. Shuning uchun o‘tgan yili ishsiz fuqarolarga 8712 gektar yer maydoni uzoq muddatga ijaraga berilgandi. Joriy yilda yana 7586 gektar yer maydonini shu tartibda auksionga chiqariladi.

2023 yilda viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash uchun mahalliy hokimiyat organlari yer uchastkalarida 166 ta, yo‘llarga tutash va elektr uzatish tarmoqlariga tutash hududlarda 120 ta elektromobillarni quvvatlashtirish stansiyasi tashkil etiladi. 2022 yilda 200 ta davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish loyihasi amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil ular soni 227 taga yetkaziladi.

Iqtisodiyot tarmoqlari orasida oilaviy tadbirkorlik ancha samarali hisoblanadi. Viloyatda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 901,8 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratilgan va joriy yil yakunigacha bu miqdor 1 trillion 100 milliard so‘mga yetkaziladi.

Bu rejalar ijrosi bilan viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda sezilarli o‘sish sur’atiga erishiladi va asosiysi aholi bandligi ta’minlanib, farovonlik darajasi oshiriladi.


Киритилган вақти: 16/02/2023 15:10.   Кўрилганлиги: 262
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/press/news/2023-yilda-samarqandda-mahalliy-byudjetlarga-tushumlar-hajmi-48-trillion-somga-yetishi-kutilmoqda

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 2

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.