Markazi – Juma shahri.
Tashkil topgan vaqti - 1926-yil 29-sentyabr.
Umumiy maydoni – 0,87 ming km2.
Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 12 ta.
Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni – 107 ta, shundan shahar mahallalari soni – 14 ta, qishloq fuqarolari yig‘inlari soni – 13 ta.
Qishloq aholi punktlari - 164 ta.
2024-yil 1-yanvar holatidagi doimiy aholi soni – 383291 kishi (erkaklar – 192877, ayollar – 190414).
Samarqand shahrigacha bo‘lgan masofa – 24 km.
Chegaradosh tumanlar – Ishtixon, Oqdaryo, Samarqand, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on.
Tuman hokimi – Raxmanov Sherzod Shuxratovich
Manzil: 140500, Juma shahri, Amir Temur ko‘chasi, 24-uy
Telefon: (0366) 231-98-23
e-mail: info@pastdargom.uz
Pastdarg‘om – Samarqand viloyatidagi qishloq tumani nomi. Toponimning ikkinchi komponenti Darg‘om – Zarafshon daryosidan chiqadigan qadimiy kanal, ariq. Uzunligi 100 kilometrga yaqin. Zarafshon daryosining “Birinchi May” to‘g‘onidan boshlanib, Ulus cho‘lida tugaydi. Tarixiy manbalar ariqning eramizdan avvalgi V-IV asrlarda qazilganidan xabar beradi.
Klavdiy Ptolomiy tuzgan kartada (II asr) bu ariq nomi Dargomoniy shaklida tilga olinadi. Toponimning birinchi komponenti Darg “uzun” demak, ikkinchi qismi –om esa –ob ning o‘zgargan shaklidir. Chunki “b” va“m” tovushlarining almashish hodisasi uchrab turadi.
Binobarin, Darg‘om yoki Darg‘ob “uzun yoki katta suv” demakdir (Do‘simov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lug‘ati, T.: O‘qituvchi, 1977, 48-bet).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.