w w w . s a m a r k a n d . u z

KATTAQO‘RG‘ON SHAHRI

KATTAQO‘RG‘ON SHAHRI

Tashkil topgan vaqti – 1868 yil.
Umumiy maydoni – 0,01 ming km2.
Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 1 ta.
Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni – 36 ta.
2024-yil 1-yanvar holatidagi doimiy aholi soni – 94899 kishi (erkaklar – 47357, ayollar – 47542).
Samarqand shahrigacha bo‘lgan masofa – 100 km.
Chegaradosh tumanlar – Kattaqo‘rg‘on.

Shahar hokimi  –  Alimova Gavxar Zayirovna

Manzil: 140800, Kattaqo‘rg‘on shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4-uy

Telefon: (0366) 231-98-02 

e-mail: info@kattakurgon.uz

veb sayt: www.kattakurgon.uz

Kattaqo‘rg‘on – Samarqand viloyatidagi shahar va qishloq tumani nomi. Zarafshon vodiysining tekislik qismida, Narpay kanalining chap sohilida joylashgan. Arxeologik qazilmalar shaharning qadimgi boy madaniyatidan darak beradi. B.Kastolskiyning o‘tkazgan arxeologik qazilmalari vaqtida assuariya – sopol tobutlar topildi. Toponim katta va qo‘rg‘on so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, “katta shahar, katta qal’a” demakdir.

E.Murzaev Katta so‘zini fors tilidagi kanta (o‘ralgan, qazilgan) so‘zi bilan bog‘laydi. Qo‘rg‘on “tepalik” degan ma’noda bo‘lib, Kattaqo‘rg‘on“tepalikdagi shahar, tepadagi istehkom” degan ma’nodadir (Do‘simov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lug‘ati, T.: O‘qituvchi, 1977, 79-bet).


Oxirgi o‘zgarish: 22/01/2024 20:07.   Ko‘rilganligi: 6710
 
Material manzili: https://samarkand.uz/towns_districts/kattakurgan

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.