

.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda Davlat Rahbari tomonidan 2025-yil 29-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha ishlab chiqilgan Kadastr agentligi “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlash maqsadida Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarni belgilash masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy komissiyasining Bulung‘ur, Jomboy, Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Narpay, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Samarqand, Nurobod, Urgut, Toyloq tumanlaridagi shahar, shaharcha va qishloqlar (ma’muriy-hududiy birliklar) chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumotlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘ttizinchi sessiyasi
QAROR QILADI:
Bulung‘ur tumanidagi shahar, shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 1-2-ilovaga;
Jomboy tumanidagi shahar, shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 3-4-ilovaga;
Oqdaryo tumanidagi shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 5-6-ilovaga;
Ishtixon tumanidagi shahar, shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 7-8-ilovaga;
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 9-10-ilovaga;
Qo‘shrabot tumanidagi shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 11-12-ilovaga;
Narpay tumanidagi shahar, shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 13-14-ilovaga;
Payariq tumanidagi shahar, shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 15-16-ilovaga;
Pastdarg‘om tumanidagi shahar, shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 17-18-ilovaga;
Paxtachi tumanidagi shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 19-20-ilovaga;
Samarqand tumanidagi shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 21-22-ilovaga;
Nurobod tumanidagi shahar, shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 23-24-ilovaga;
Urgut tumanidagi shahar, shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 25-26-ilovaga;
Toyloq tumanidagi shaharcha va qishloqlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumoti va chizmasi 27-28-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Kengash raisi Sh.Negmatov
Samarqand shahri, 2025-yil 1-iyun VII-30-99-7-0-K/26
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.