w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatining 2025-yilda jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘rnatilgan soliq stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni, soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarida soliq to‘lovchilar uchun belgilangan eng kam va eng yuqori stavkalari (diapazon) doirasida hududlar kesimida miqdorlarini va mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning ijara to‘lovini eng kam stavkalarining oshiruvchi koeffitsiyentlarini tasdiqlash to‘g‘risida

Samarqand viloyatining 2025-yilda jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘rnatilgan soliq stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni, soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarida soliq to‘lovchilar uchun belgilangan eng kam va eng yuqori stavkalari (diapazon) doirasida hududlar kesimida miqdorlarini va mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning ijara to‘lovini eng kam stavkalarining oshiruvchi koeffitsiyentlarini tasdiqlash to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” 1011-son hamda O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 1014-son Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 15-noyabrdagi 24-117005-son xati, viloyat Soliq boshqarmasining 2024-yil 5-dekabrdagi 27-126208-son murojaatini inobatga olib, xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, oltinchi sessiyasi

QAROR QILADI:

  1. Samarqand viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘ining Samarqand viloyatining 2025-yilda mo‘ljallangan Soliq va byudjet siyosati to‘g‘risida bergan hisoboti m a’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:

jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga muvofiq;

soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarda to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun belgilangan eng kam va eng yuqori stavkalari (diapazon) doirasida hududlar kesimida miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;

mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning ijara to‘lovining eng kam stavkalariga 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Tuman (shahar)lar xalq deputatlari Kengashlariga mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda quyidagicha tasdiqlash tavsiya qilinsin:

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar miqdori;

noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qat’iy stavkalariga qo‘llaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori tasdiqlansin.

  1. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
  2. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalaribo‘yicha doimiy komissiyasi (M.Po‘latov) hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (F.Abilov) zimmasiga yuklatilsin.

 

Kengash raisi                                         Sh.Negmatov

Samarqand  shahri, 2025-yil 28-yanvar VII-6-5-7-0-K/25

Qarorni yuklab olish (PDF 133 KB)


Kiritilgan vaqti: 03/02/2025 11:31.   Ko‘rilganligi: 173
 
Material manzili: https://samarkand.uz/samarqand-viloyatining-2025-yilda-jismoniy-shaxslarning-mol-mulk-soligi-boyicha-ornatilgan-soliq-stavkalariga-kamaytiruvchi-va-oshiruvchi-koeffitsiyentlarni-soliqni-qatiy-belgilangan-miqdorlarida-soliq-tolovchilar-uchun-belgilangan-eng-kam-va-eng-yuqori-s

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing