w w w . s a m a r k a n d . u z
Samarqand viloyatidagi ayrim aholi punktlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida
Samarqand viloyatidagi ayrim aholi punktlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida
.
O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 6-oktabrdagi (03/08-760-son) va 25-oktabdagi (03/08-1220-son) ekspertiza xulosalari hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining 2023-yil 6-sentabrdagi va 23-sentabrdagi yig‘ilish bayonnomalarini inobatga olib, xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, toʻqson toʻrtinchi sessiyasi
QAROR QILADI:
- Quyidagilar:
Oqdaryo tumanidagi aholi punkti nomi 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirilsin.
Payariq tumanidagi aholi punktlarining nomlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi (T.Mahmudov), viloyat Statistika boshqarmasi (Sh.Abdiyev), Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (M.Quvondiqov), Oqdaryo (Sh.Qudratov) va Payariq tumanlari hokimliklari (I.Jabborov) mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan aholi punktlari nomlarini belgilangan tartibda statistik hisobotlarda aks ettirilishini va ish yuritish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
- Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (R.Mamatov), Oqdaryo (Sh.Qudratov) va Payariq tumanlari hokimliklari (I.Jabborov) nomlangan aholi punktlariga aholini ro‘yxatga qo‘yish hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
- Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (M.Quvondiqov), Oqdaryo (Sh.Qudratov) va Payariq tumanlari hokimliklari (I.Jabborov) birgalikda nomlangan aholi punktlariga belgilangan tartibda zamonaviy talablar asosida peshlavha va ko‘rsatkich belgilarini o‘rnatilishini ta’minlasin.
- Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” MChJ (N.Norbekov) mazkur qarorni “Zarafshon”, “Самаркандский вестник”, “Овози Самарқанд” gazetalarida chop etilishini hamda Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga o‘rnatilgan tartibda joylashtirilishini ta’minlasin.
- Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022-yil 13-iyundagi VI-65-121-7-0-K/22-son qarorining 1-ilovasi (Oqdaryo tumanidagi nomlari o‘zgartirilayotgan aholi punktlarining nomlari) 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
- Viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) mazkur aholi punktlari nomlarni 10 kun muddatda davlat reyestri bazasiga kiritish choralarini koʻrsin.
- Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (Sh.Djurakulov) va viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi E. Turdimov
Samarqand shahri, 2023-yil 26-dekabr VI-94-124-7-0-K/23
Qarorni yuklab olish (PDF 222 KB)
Kiritilgan vaqti: 08/01/2024 17:30.
Ko‘rilganligi: 168
Material manzili: https://samarkand.uz/samarqand-viloyatidagi-ayrim-aholi-punktlarini-nomlash-va-qayta-nomlash-togrisida