w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida tashqi reklama obyektlari uchun yig‘imlar miqdorini belgilash to‘g‘risida

Samarqand viloyatida tashqi reklama obyektlari uchun yig‘imlar miqdorini belgilash to‘g‘risida

.

Samarqand viloyatida tashqi reklama obyektlari uchun yig‘imlar miqdorini belgilash to‘g‘risida Viloyat hokimining 2024-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 428-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi (5-7-0-Q/24-son) qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasining 2024-yil 19-iyuldagi (N-08-2748-03/07-son) murojaati, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 31-iyuldagi (01/01-32/113-son) xulosasi hamda viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari F.Abilovning 2024-yil 1-avgustdagi (734/01-30-son) bildirgisiga asoslanib xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, bir yuz ikkinchi sessiyasi

QAROR QILADI:

  1. Quyidagilar: Tuman va shaharlarning iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, 0,5 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga;
    Yig‘im miqdorini belgilash hamda to‘lov stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    Bunda, yig‘im xususiylashtirilgan, ijaraga berilgan yoki nodavlat tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, shuningdek, xususiy mulk bo‘lgan binolar va inshootlardag tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun ham tatbiq etiladi.
  2. Viloyat Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya
    qilish boshqarmasi (M.Xamrayev) tuman (shahar) hokimliklari bilan
    birgalikda:

tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalari) tizimli monitoring qilish va ularni qonuniy joylashtirilganligini o‘rganish;

tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) joylashtirilgan reklamalar, shu jumladan, ijtimoiy reklamalar hisobini yuritish;

yo‘lning qatnov qismida aholi turar-joy binolarining tashqi qismida har qanday turdagi shaxsiy e’lonlarni joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rsin.
3. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2020-yil 21-avgustdagi “Viloyatda tashqi reklama obyektlariga tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash to‘g‘risida”gi 79/12-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

  1. Viloyat hokimligi axborot xizmati matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” (N.Norbekov) ushbu qarorni ommaviy axborot
    vositalarida chop etilishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlansin.
  2. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan nazorat olib borish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinboasri (F.Abilov) zimmasiga yuklansin.
  3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Sessiya raisi                                                                                  S.Usmonov

Samarqand  shahri, 2024-yil 29-avgust VI-102-89-7-0-K/24

Qarorni yuklab olish (PDF 124 KB)


Kiritilgan vaqti: 30/08/2024 09:22.   Ko‘rilganligi: 38
 
Material manzili: https://samarkand.uz/samarqand-viloyatida-tashqi-reklama-obyektlari-uchun-yigimlar-miqdorini-belgilash-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.