w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdorini belgilash to‘g‘risida

Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdorini belgilash to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6074-son Farmoni, 2022-yil 10-martdagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Suv ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni oshirish” dasturi doirasida “Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-159-son qarorining 7-ilovasi 13-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 13-fevraldagi (43-00705-sonli) murojaati, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2023-yil 13-apreldagi (1845/02-19-sonli) xati, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat boshqarmasining 2023-yil 26-sentabrdagi (N-08-2999-01/04-sonli), viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 29-sentabrdagi (01/05-38/616-sonli) xulosalari, “Samarqand suv ta’minoti” MChJning 2023-yil 22-avgustdagi (01/04-3063/1-sonli) murojaatini inobatga olib, xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, to‘qson ikkinchi sessiyasi

Q A R O R   Q I L A D I:

  1. Viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Shukurov), “Samarqand suv ta’minoti” MChJ (K.Yusupov), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat boshqarmasi (J.Ashurov), viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev)ning viloyatda ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdorini oshirish yuzasidan takliflari ma’qullansin.
  2. Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Viloyat televedeniyesi (M.Ixtiyorov), “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev)ga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
  4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
  5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (O‘.Saidmurodov), viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Shukurov) zimmalariga yuklansin.

 

Sessiya raisi                                                                       S.Usmonov

Samarqand  shahri, 2023 - yil 1 - noyabr VI-92-110-7-0-K/23

Qarorni yuklab olish (PDF 252 KB)


Oxirgi o‘zgarish: 02/11/2023 14:36.   Ko‘rilganligi: 328
 
Material manzili: https://samarkand.uz/samarqand-viloyatida-ichimlik-va-oqova-suv-xizmatlari-tariflari-miqdorini-belgilash-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.