

.
Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va toʻliq ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyigan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni, 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori va 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Tahlillarga ko‘ra, viloyat hokimligiga 2025-yilning yanvar oktyabr oylarida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 664 ta (274 ta Farmon, 909 ta qaror, 37 ta farmoyish, 435 ta majlis va tashrif bayonlari hamda 2 ta Qonun) hujjatlaridan 16 062 ta topshiriqlar kelib tushgan.
Ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, tegishli boshqarma, tashkilotlarga hamda shahar, tuman hokimliklariga ijro uchun yuborilgan.
Bugungi kunda ushbu topshiriqlarning 13 321 tasi bajarilgan, 2 742 ta topshiriqlarni belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shu jumladan, joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarida viloyat hokimligi mas’ul bo‘lgan 221 ta hamda Vazirlar Mahkamasining 86 ta topshiriqlari bajarilishi belgilangan bo‘lib, 1-noyabr holatiga barcha topshiriqlar ijrosi ta’minlandi.
Ta’kidlash lozimki, viloyat hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “kunbay” tahlil qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Haftaning har dushanba kuni viloyat hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda.
Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida kelgusi oyda ijrosi belgilangan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul viloyat hokimining o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlariga, tegishli boshqarma, tashkilotlar hamda shahar, tuman hokimliklariga yuborilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.
Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Viloyat hokimligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari topshiriqlari ijrosini oʻz vaqtida ta’minlamagan hamda mas’uliyatsizlik oqibatida topshiriq ijrosini kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan rahbar va xodimlarga nisbatan oʻrnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari qoʻllanilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 10
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.