w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida 2025-yilning yanvar noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘laqonli amalga oshirilishini tashkil etish to‘g‘risida

Samarqand viloyatida 2025-yilning yanvar noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘laqonli amalga oshirilishini tashkil etish to‘g‘risida

.

Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va toʻliq ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
10-fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni, 2021-yil 31-maydagi
PQ-5132-sonli qarori va 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmoni
da belgilangan topshiriqlar asosida Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.

Tahlillarga ko‘ra, viloyat hokimligiga 2025-yilning yanvar noyabr oylarida Ijro.gov.uztizimi orqali Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 1 684 ta (285 ta Farmon, 919 ta qaror, 38 ta farmoyish, 440 ta majlis va tashrif bayonlari hamda 2 ta Qonun) hujjatlaridan 16 222 ta topshiriqlar kelib tushgan.

Ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, tegishli boshqarma, tashkilotlarga hamda shahar, tuman hokimliklariga ijro uchun yuborilgan.

Bugungi kunda ushbu topshiriqlarning 13 739 tasi bajarilgan, 2 392 ta topshiriqlarni belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Shu jumladan, joriy yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarida viloyat hokimligi mas’ul bo‘lgan 304 ta topshiriqlardan 302 tasi ijrosi toʻliq ta’minlandi. Qolgan 2 ta topshiriqni ijrosini toʻliq ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha muddat talab etilganligi sababli Adliya vazirligiga muddat uzaytirish boʻyicha takliflar kiritildi.

Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida berilgan 3 ta topshiriqlari ijrosi toʻliq ta’minlandi.

Ta’kidlash lozimki, viloyat hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “kunbay” tahlil qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Haftaning har seshanba kuni viloyat hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda.

Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida kelgusi oyda ijrosi belgilangan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul viloyat hokimining o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlariga, tegishli boshqarma, tashkilotlar hamda shahar, tuman hokimliklariga yuborilmoqda.

Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.

Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Viloyat hokimligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari topshiriqlari ijrosini oʻz vaqtida ta’minlamagan hamda mas’uliyatsizlik oqibatida topshiriq ijrosini kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan rahbar va xodimlarga nisbatan oʻrnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari qoʻllanilib kelinmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 03/12/2025 18:57.   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: https://samarkand.uz/samarqand-viloyatida-2025-yilning-yanvar-noyabr-oylarida-ozbekiston-respublikasi-prezidenti-va-hukumatning-farmon-qaror-farmoyish-hamda-majlis-bayonlarida-berilgan-topshiriqlarni-oz-vaqtida-aniq-va-tolaqonli-amalga-oshirilishini-tashkil-etish-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing