w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida 2024-yilda yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida

Samarqand viloyatida 2024-yilda yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 21-dekabrdagi (03/41-40/1472-son) xati, viloyat Soliq boshqarmasining 2024-yil 3-yanvardagi (19/10-00134-son) murojaati, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 3-yanvardagi (02/02-38/2-son) xulosasi, viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri R.Mahqulovning 2024-yil 4-yanvardagi (02/01-30-son) bildirgisiga asoslanib, xalq deputatlari viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq, to‘qson beshinchi sessiyasi

QAROR  QILADI:

  1. Samarqand viloyati shahar va tumanlarining iqtisodiy rivojlanishiga qarab 2024-yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutloq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsiyentlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (F.Abilov), viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), viloyat Soliq boshqarmasi (S.Eshmatov) mazkur qarorga asosan 2024-yilda yuridik shaxslarning mulk qiymatiga qo‘llanilayotgan kamaytiruvchi koeffitsiyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq to‘lovchilarga yetkazilishini ta’minlasin.
  3. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” (N.Norbekov) ushbu qarorni “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalarida rasman e’lon qilinishi va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
  4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (F.Abilov) zimmasiga yuklansin.
  5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Sessiya raisi                                                                              S.Usmonov

Samarqand  shahri, 2024-yil 26-yanvar  VI-95-3-7-0-K/24

Qarorni yuklab olish (PDF 226 KB)


Oxirgi o‘zgarish: 27/01/2024 17:32.   Ko‘rilganligi: 299
 
Material manzili: https://samarkand.uz/samarqand-viloyatida-2024-yilda-yuridik-va-jismoniy-shaxslar-boyicha-qishloq-xojaligiga-moljallanmagan-yerlar-uchun-shahar-va-tumanlar-kesimida-ularning-iqtisodiy-rivojlanishiga-qarab-yer-soligi-stavkalarini-tasdiqlash-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.