w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida 2024-yilda yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida

Samarqand viloyatida 2024-yilda yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” PF-6121-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 21-dekabrdagi (03/41-40/1472-son) xati, viloyat Davlat soliq boshqarmasining 2024-yil 3-yanvardagi (19/10-00133-son) murojaati, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi 2024-yil 3-yanvardagi (02/02-38/3-son) xulosasi, viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri R.Mahqulovning 2024-yil 4-yanvardagi (03/01-30-son) bildirgisiga asoslanib, xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, to‘qson beshinchi sessiyasi

QAROR  QILADI:

  1. Quyidagilar:

Samarqand viloyatida 2024-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutloq o‘lchamda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga;

Samarqand viloyatida 2024-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun jismoniy shaxslar bo‘yicha mutloq o‘lchamda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga (dehqon xo‘jaligini yuritish uchun, shuningdek, jismoniy shaxslarga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan tashqari) qo‘llaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” PF-6121-son Farmoni bilan, xalq deputatlari shahar va tumanlar Kengashlariga mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tasdiqlangan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlardan kelib chiqqan holda, bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida qayta belgilash huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” (N.Norbekov) ushbu qarorni “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalarida rasman e’lon qilinishi va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
  3. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (F.Abilov) zimmasiga yuklansin.
  1. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

Sessiya raisi                                                     S.Usmonov

Samarqand  shahri, 2024-yil 26-yanvar  VI-95-4-7-0-K/24

Qarorni yuklab olish (PDF 268 KB)


Oxirgi o‘zgarish: 28/01/2024 12:14.   Ko‘rilganligi: 178
 
Material manzili: https://samarkand.uz/samarqand-viloyatida-2024-yilda-yuridik-va-jismoniy-shaxslar-boyicha-qishloq-xojaligiga-moljallanmagan-yerlar-uchun-shahar-va-tumanlar-kesimida-ularning-iqtisodiy-rivojlanishiga-qarab-yer-soligi-stavkalarini-tasdiqlash-togrisida1

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.