.
O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 5, 16-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-59-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Samarqand shahri jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lashda transport kartalaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar qamrovini oshirish va tabaqalashgan tariflarni joriy etish orqali shahar yo‘lovchi transporti korxonalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini oshirish, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida
Q A R O R Q I L A M A N:
jamoat transportidan foydalanishda yo‘lovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish hamda elektron to‘lovlarni ommalashtirish maqsadida bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar qo‘llash, yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan foydalanishda, uning turidan qat’iy nazar, kunlik, bir, uch va olti oylik, yillik cheklangan va cheklanmagan tarif rejalarini joriy etish, yo‘nalishlarda yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflarni belgilash;
vaqtga bog‘langan soatlik, kunlik, uch-olti oylik va yillik limitsiz tariflar rejasini ishlab chiqish, yo‘nalishlarda yo‘lkira uchun naqd pulda to‘lovlar bo‘yicha tariflarni qayta ko‘rib chiqish va ularni elektron to‘lov tarifiga nisbatan 30 foizga yuqori etib belgilash hamda tariflarni kelishish va Samarqand viloyati hokimining qarori bilan tasdiqlash belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bunda:
Samarqand shahri hududida shahar yo‘lovchi transporti – avtobus, elektrobus va tramvaylarda qatnovlarni amalga oshirish uchun cheklangan tariflar miqdori:
qatnovlar soniga bog‘liq holda jamoat transportida transport kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha tariflar miqdori 1-ilovaga;
elektron to‘lov tizimlari (transport kartalari)dan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli tariflar miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
yangi tashkil etiladigan jamoat transporti yo‘nalishlarining afzalligi, qulayligi, tezkorligi hamda muntazamligi;
jamoat transportida elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishning hamda tabaqalashtirilgan tariflarning afzalliklari va qulayliklari keng yoritilishini ta’minlansin;
Samarqand shahri jamoat transportida elektron to‘lov tizimi keng joriy etilishini inobatga olgan holda aholini yetarli miqdorda transport kartalari bilan ta’minlanishi;
shahar hududida transport kartalarini sotish shoxobchalarini tashkil etilishi yuzasidan zaruriy chorlar ko‘rsin.
Viloyat hokimi E.Turdimov
Samarqand shahri, 2023 - yil 6 - sentabr 246-7-0-Q/23
Qarorni yuklab olish (PDF 249 KB)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 7
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.