w w w . s a m a r k a n d . u z

Arxiv ishi boshqarmasining vazifalari va funksiyalari

Arxiv ishi boshqarmasining vazifalari va funksiyalari

Quyidagilarboshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • viloyathududida arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • tashkilot, korxona, xo‘jalik subyektlari, shujumladan fermer xo‘jaliklari (keyingi o‘rinlarda «tashkilot» deb yuritiladi)daarxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha qonuniy va me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi,ularning bajarilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
  • davlat arxivlarida O‘zbekiston RespublikasiMilliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, shakllantirish, saqlovini ta’minlash,davlat hisobini olib borish va ulardan kengroq foydalanish;
  • davlat arxivlarida arxivshunoslik,hujjatshunoslik va arxeografiya sohasi bo‘yicha uslubiy ishlarni tashkil qilish vamuvofiqlashtirish, ilmiy-tadqiqotlar natijalari va ilmiy-texnika yutuqlarinidavlat va idoraviy arxivlar amaliyotida joriy etib borish;
  • davlat arxivlari ustidan oqilona rahbarlikqilish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
  • arxiv ishi sohasidagi mamlakatimiz va chet elilg‘or tajribasini o‘rganib, arxivlar amaliyotida qo‘llash.

Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalargamuvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • viloyatda arxiv ishi va ish yuritishning milliydasturlari hamda konsepsiyalarining amalga oshirilishini tashkil qiladi;
  • davlat arxivlarida saqlanayotgan O‘zbekistonRespublikasi Milliy arxiv fondini hujjatlar bilan to‘ldirish, saqlash va ulardanfoydalanish masalalari bo‘yicha viloyat hokimining qaror va farmoyishlariloyihalarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda viloyat hokimligigakiritadi, ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • davlat arxivlarida O‘zbekiston RespublikasiMilliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, ro‘yxatga olish, saqlovini ta’minlash,ulardan foydalanishni tashkil qiladi, o‘z hududida arxiv ishi sohasida qonunchilikkarioya qilinishini nazorat qilib boradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondito‘g‘risidagi Nizomga muvofiq davlat va idoraviy arxivlarda saqlanayotgan Milliyarxiv fondi hujjatlari hisobini boshqarma fond katalogida olib boradi hamda ularto‘g‘risidagi ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligigataqdim etadi;
  • viloyatda arxiv ishining rivojlantirishni joriyva istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishini ta’minlaydi;
  • belgilangan tartibda davlat arxivlaritarmoqlari va tuzilmalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi vaolib boradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasihuzuridagi «O‘zarxiv» agentligi bilan kelishgan holda davlat arxivlarini tashkilqilish yoki tugatish yuzasidan viloyat hokimligiga taklif kiritadi;
  • davlat arxivlarining uslubiy ishlarini tashkilqiladi, arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya masalasidagi ilmiy-tadqiqotnatijalarni hamda ilmiy-texnika yutuqlarni arxiv ishiga joriy qilish bo‘yichatadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • davlat arxivlaridagi hujjatlarni ilmiy yokiamaliy qimmatdorligini ekspertiza qilishni tashkil etadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondigategishli bo‘lgan axborot resurslarini saqlashni ta’minlaydigan elektron arxivlarnitashkil etish va ularni faoliyat ko‘rsatishini tartibga solishni muvofiqlashtiradi;
  • hujjatlarning, shu jumladan davlat axborot resurslariningilmiy va amaliy qimmatini ekspertizadan o‘tkazishni hamda ularni doimiy saqlashuchun davlat arxivlariga shu jumladan elektron arxivlarga tanlab olishni tashkilqiladi;
  • viloyat korxonalari, muassasalari, tashkilotlariva fuqarolarining qadimgi tarixiy-hujjatli yodgorliklarni to‘plash bo‘yicha murojaatlariniko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv»agentligiga taqdim etadi, ularni maxsus ruxsatnomalar ro‘yxati bo‘yicha to‘plashninazorat qilib boradi;
  • belgilangan tartibda davlat arxivlaridasaqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari tarkibi vamazmuni to‘g‘risidagi axborotli-ma’lumot adabiyotlarini chop etishni tashkil etadi;
  • viloyatda hujjatlarni Milliy arxiv fonditarkibiga kiritilishi zarur bo‘lgan davlat korxonalari, muassasalari vatashkilotlari toifasini belgilaydi hamda arxiv ishi bo‘yicha montoring tashkil etishva (qonuniy va me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi) ularning bajarilishi ustidanta’sirchan nazoratni ta’minlaydi;
  • viloyat, respublika va chet el arxivlariningilg‘or ish tajribalarini o‘rganadi va ommalashtiradi, arxiv ishi va ish yuritish bo‘yichayig‘ilishlar va seminarlar uyushtiradi;
  • qonunda belgilangan tartibda davlat arxivlari tomonidanpullik xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi va xizmat turlari spektorinirivojlantirish choralarini ishlab chiqadi;
  • hududda arxiv ishi va ish yuritishnirivojlantirishga qaratilgan grantlar, chet el loyihalari jumladan, xorijiyinvestitsiyalarni taqsimlash va jalb qilishni ta’minlaydi;
  • davlat arxivlari faoliyatiga oqilona rahbarlikqilishni amalga oshiradi;
  • davlatga qarashli bo‘lmagan O‘zbekistonRespublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini sotib olishda davlatning imtiyozlihuquqidan foydalanib, o‘ziga bo‘ysunuvchi davlat arxivlariga ko‘maklashadi;
  • viloyat byudjet loyihasiga o‘ziga bo‘ysunuvchidavlat arxivlarining ta’minoti va xizmat xarajatlari to‘g‘risida takliflar ishlabchiqadi, ularning moliyalashtirilishini va sarflanishini nazorat qilib boradi;
  • davlat arxivlari hamda korxonalar, muassasalarva tashkilotlarning ish yuritish xizmati xodimlarini qayta tayyorlash va malakasinioshirishni tashkil qiladi;
  • arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha kadrlarnitayyorlash maqsadida oliy, o‘rta-maxsus va umumta’lim o‘quv yurtlari bilan hamkorlikqiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiningaxborot resurslari va elektron hujjatlari himoya qilinishi ta’minlanishini tashkiletadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondidagialohida qimmatli va noyob hujjatlarning sug‘urta nusxalari yaratilishini tashkil qiladi;
  • fuqarolarning takliflari, arizalari vashikoyatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi, konsullik so‘rovlaribajarilishini ta’minlaydi.

Boshqarma shuningdek amaldagi qonun hujjatlaridanazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.


Kiritilgan vaqti: 23/03/2016 10:26.   Ko‘rilganligi: 3602
 
Material manzili: https://samarkand.uz/regional_government/tasks_and_duties_of_departments/arxiv-ishi-boshqarmasining-vazifalari-va-funktsiyalari

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.