w w w . s a m a r k a n d . u z

Rasmiy veb-saytda joylashtiriladigan axborot

Rasmiy veb-saytda joylashtiriladigan axborot

Samarqand viloyat hokimligining faoliyati tо‘g‘risida ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladigan axborot

RО‘YXATI

  1. Viloyat hokimligining rasmiy saytiga joylashtirilishi majburiy bо‘lgan axborotga quyidagilar kir
  2. a) viloyat hokimligining huquqiy maqomini, shu jumladan viloyat hokimligining, uning bо‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasi, funksiyalari va vazifalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;
  3. b) viloyat hokimligi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar;
  4. v) viloyat hokimligining normativ-huquqiy hujjatlarini о‘z kuchini yо‘qotgan deb hisoblash tо‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  5. g) viloyat hokimligi faoliyati sohasida qabul qilingan dasturlar tо‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar (nomi, maqsadi, asosiy vazifalari, buyurtmachilari, bosh ijrochilari, amalga oshirish muddatlari va kutilayotgan natijalar);
  6. d) viloyat hokimligi tomonidan о‘tkaziladigan tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, viloyat hokimligining kundalik faoliyati tо‘g‘risidagi boshqa axborot;
  7. e) viloyat hokimligining davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan о‘zaro hamkorligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  8. j) amalga oshirilishida viloyat hokimligi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar tо‘g‘risidagi axborot;
  9. z) viloyat hokimligi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning ahvolini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy kо‘rsatkichlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  10. i) bо‘sh ish о‘rinlari va ishga qabul qilish shartlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  11. k) rasmiy saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy kо‘rsatilishi tо‘g‘risidagi talab;
  12. l) viloyat hokimligining rasmiy saytda joylashtirishni zarur deb hisoblaydigan umumiy foydalaniladigan boshqa axborot va ma’lumotlar.
  13. Viloyat hokimligi tomonidan rasmiy sayt orqali kо‘rsatiladigan bazaviy axborot xizmatlari rо‘yxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi:
  14. a) viloyat hokimligi rahbarlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik ma’lumotlar va ular bilan bog‘lanish ma’lumotlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari);
  15. b) viloyat hokimligining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bо‘linmalarining telefon raqamlari va manzil rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari;
  16. v) viloyat hokimligi tomonidan qabul qilinadigan arizalar, blankalar va statistik hisobotlar shakllari;
  17. g) fuqarolarning arizalari, shikoyatlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi tо‘g‘risidagi axborot;
  18. d) viloyat hokimligi faoliyati tо‘g‘risidagi tahliliy ma’ruzalar va axborot tusidagi sharhlar;
  19. e) viloyat hokimligi rahbarlarining rasmiy nutqlari va bayonotlari matnlari;
  20. j) viloyat hokimligining rasmiy statistik axboroti;
  21. z) boshqa tegishli saytlarga havolalar;
  22. i) elektron-raqamli imzo qо‘llanishiga kо‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan hisobotlar, xatlar, arizalar, shikoyatlar va boshqa shakldagi murojaatlarni qabul qilish imkoniyati.
  23. Rasmiy saytda boshqa manbalardan axborotni joylashtirishga faqat axborot manbai kо‘rsatilgan taqdirda yо‘l qо‘yiladi.

 

Samarqand viloyati hokimining 2018 yil 16 maydagi 319-Q-sonli “Samarqand viloyati hokimligi faoliyati bо‘yicha axborotni tо‘plash va uni e’lon qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan. (Qarorni yuklash 4,1 Mb)

 


Oxirgi o‘zgarish: 18/10/2023 14:14.   Ko‘rilganligi: 1908
 
Material manzili: https://samarkand.uz/regional_government/rasmiy-veb-saytda-joylashtiriladigan-axborot

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.