w w w . s a m a r k a n d . u z

Ochiq majlislarda ishtirok etish tartibi

Ochiq majlislarda ishtirok etish tartibi

“Axborotdan foydalanuvchilarning Samarqand viloyati hokimligi ochiq majlislarida ishtirok etish tartibi tо‘g‘risida”gi

NIZOM

Mazkur Nizom “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, axborotdan foydalanuvchilarning Samarqand viloyat hokimligi ochiq majlislarida hozir bо‘lish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga asosan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (jumladan, viloyat hokimligi)ning faoliyati tо‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.
  2. Mazkur Nizom talablari Samarqand viloyati hokimligi tomonidan ochiq majlisda ishtirok etish uchun taklif etilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
  3. Samarqand viloyati hokimligining majlislari ochiq tarzda о‘tkaziladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
  4. Samarqand viloyati hokimligi faoliyatiga oid axborotdan foydalanuvchilarning tanishib chiqishlari uchun binoning hamma kirishi mumkin bо‘lgan xonalarida yoki maxsus ajratilgan joylarida ochiq majlislarni о‘tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular о‘tkaziladigan sana, joy, vaqt hamda zarur axborot axborot stendlari yoki shunday maqsad uchun mо‘ljallangan texnik vositalarga majlis о‘tkazilishidan kamida uch kun oldin joylashtirilishi shart.

2-bob. Axborotdan foydalanuvchilarning ochiq majlislarda hozir bо‘lishi

  1. Axborotdan foydalanuvchi Samarqand viloyati hokimligining majlislarida hozir bо‘lishi uchun viloyat hokimligiga sо‘rov bilan murojaat qiladi. Sо‘rov “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.

Axborotdan foydalanuvchining identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar kо‘rsatilmagan sо‘rovlar anonim hisoblanadi va kо‘rib chiqilmaydi.

  1. Sо‘rov kelib tushgan kuni Samarqand viloyati hokimligi tomonidan alohida maxsus jurnalda rо‘yxatga olinadi va zudlik bilan kо‘rib chiqiladi. Mazkur jurnal majlis kotibi tomonidan yuritiladi.
  2. Sо‘rovga asosan majlis kotibi axborotdan foydalanuvchini ochiq majlisda ishtirok etuvchilar rо‘yxatiga kiritadi hamda bu haqda foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Ochiq majlisning о‘tkazilish sanasi, vaqti yoki joyi о‘zgargan taqdirda, bu haqda foydalanuvchiga ma’lum qilinadi.
  3. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlisga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kiritiladi.
  4. Axborotdan foydalanuvchi ochiq majlisga kelmagan taqdirda, majlis kotibi tomonidan bu haqda maxsus jurnalga yozib qо‘yiladi.
  5. Samarqand viloyati hokimligi mavjud imkoniyatlaridan hamda axborotdan foydalanuvchilar sonidan kelib chiqib, ochiq majlis о‘tkaziladigan zalda axborotdan foydalanuvchilar uchun joy tayyorlanadi. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlis о‘tkaziladigan zalga maxsus jurnaldagi qayd etish ketma-ketligi asosida joylashtiriladi.

Axborotdan foydalanuvchilar sonining kо‘pligi sababli, ularni ochiq majlis о‘tkazilayotgan zalga joylashtirish imkoni bо‘lmagan taqdirda, ular majlisning borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari mumkin bо‘lgan xonaga joylashtiriladi.

  1. Samarqand viloyati hokimligi tomonidan axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlisning borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari uchun ajratilgan xona jihozlab qо‘yiladi.
  2. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlis boshlangunga qadar belgilangan joyga etib kelishi, rо‘yxatdan о‘tishi va belgilangan joyga о‘tirishi lozim. Axborotdan foydalanuvchilar raislik qiluvchi tomonidan majlis boshlanganligi e’lon qilingandan sо‘ng kelgan taqdirda, kechikib kelgan hisoblanadi va ular majlisga qо‘yilmaydi.
  3. Axborotdan foydalanuvchi Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan ochiq majlisning reglamentida belgilangan tartibda majlisda savollar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
  4. Axborotdan foydalanuvchi tomonidan majlis davomida majlis kun tartibiga taalluqli bо‘lmagan va ushbu majlisda muhokama qilinmagan masalalar bо‘yicha fikr-mulohazalar bildirilgan yoki savollar bilan murojaat etilgan taqdirda, unga mazkur masala bо‘yicha axborot olish tartibi tushuntiriladi.
  5. Axborotdan foydalanuvchi majlis о‘tkazilayotgan vaqtda tartibni buzmasligi shart. Axborotdan foydalanuvchi majlis о‘tkazilayotgan vaqtda tartibni buzgan taqdirda, raislik qiluvchi tomonidan ogohlantiriladi.

Axborotdan foydalanuvchi tartibni takroran buzgan taqdirda, u raislik qiluvchi tomonidan majlis о‘tkazilayotgan zaldan chiqarib yuboriladi. Mazkur holat yuzasidan majlis kotibi dalolatnoma tuzadi va dalolatnoma raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

  1. Axborotdan foydalanuvchilarga ochiq majlisni fotosuratga, video tasvirga olishga, ovoz yozish vositalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
  2. Majlis bayonnomasida ochiq majlisda hozir bо‘lgan axborotdan foydalanuvchilarning ishtiroki haqida tegishli ma’lumotlar kо‘rsatilishi lozim.

3-bob. Yakuniy qoida

  1. Mazkur Nizom О‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda О‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2015-yil 25-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomga muvofiq ishlab chiqildi.

Samarqand viloyati hokimining 2018-yil 16-maydagi 319-Q-sonli “Samarqand viloyati hokimligi faoliyati bо‘yicha axborotni tо‘plash va uni e’lon qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan. (Qarorni yuklash 4,1 Mb)

 


Oxirgi o‘zgarish: 18/10/2023 14:20.   Ko‘rilganligi: 1868
 
Material manzili: https://samarkand.uz/regional_government/ochiq-majlislarda-ishtirok-etish-tartibi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.