w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda Koreya bilan hamkorlikda in-vitro usulida kartoshka urug‘i tayyorlanadi

Samarqandda Koreya bilan hamkorlikda in-vitro usulida kartoshka urug‘i tayyorlanadi

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialiga Koreyaning Xalqaro bog‘dorchilik instituti prezidenti, professor Yong-Beom Lee boshchiligidagi bir guruh delegatsiya keldi.

"Uchrashuvda filialda Koreya grant mablag‘i hisobidan tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan innovatsion texnologiyalar asosida kartoshka urug‘ini ko‘paytirish loyihasining obyekti, respublikada kartoshka ishlab chiqarish va uning urug‘chiligi holati, talab va imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi, - deya Zarnews’ ga xabar berdi TDAU Samarqand filiali bo‘lim boshlig‘i Husniddin Pardayev. - Koreyalik  delegatsiya a’zolariga loyihani amalga oshirish uchun quriladigan in-vitro laboratoriyasi va issiqxonalarni qurish obyektlari, uning atrofidagi binolar hamda qurilishi rejalashtirilayotgan AKIS va uning hududiy chegaralari taqdim qilindi.

Endi Samarqandda kartoshka urug‘ini tayyorlash takomillashtiriladi. Har yili xorijdan keltiriladigan kartoshka urug‘ini o‘zimizda yetishtirish orqali qishloq xo‘jaligi rivojiga salmoqli hissa qo‘shiladi".


Oxirgi o‘zgarish: 14/02/2022 12:31.   Ko‘rilganligi: 706
 
Material manzili: https://samarkand.uz/regional_government/foreign_relations/samarqandda-koreya-bilan-hamkorlikda-in-vitro-usulida-kartoshka-urugi-tayyorlanadi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.