Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialiga Koreyaning Xalqaro bog‘dorchilik instituti prezidenti, professor Yong-Beom Lee boshchiligidagi bir guruh delegatsiya keldi.
"Uchrashuvda filialda Koreya grant mablag‘i hisobidan tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan innovatsion texnologiyalar asosida kartoshka urug‘ini ko‘paytirish loyihasining obyekti, respublikada kartoshka ishlab chiqarish va uning urug‘chiligi holati, talab va imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi, - deya Zarnews’ ga xabar berdi TDAU Samarqand filiali bo‘lim boshlig‘i Husniddin Pardayev. - Koreyalik delegatsiya a’zolariga loyihani amalga oshirish uchun quriladigan in-vitro laboratoriyasi va issiqxonalarni qurish obyektlari, uning atrofidagi binolar hamda qurilishi rejalashtirilayotgan AKIS va uning hududiy chegaralari taqdim qilindi.
Endi Samarqandda kartoshka urug‘ini tayyorlash takomillashtiriladi. Har yili xorijdan keltiriladigan kartoshka urug‘ini o‘zimizda yetishtirish orqali qishloq xo‘jaligi rivojiga salmoqli hissa qo‘shiladi".
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 1
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.