Mamlakatimizning Hindistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov Agra shahri meri Navin Kumar Jain bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekiston bilan Hindiston hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Hindistonga davlat tashrifi doirasida 2018 yil 1 oktyabr kuni Samarqand shahri hokimligi va Uttar-Pradesh shtati Agra munitsipial uyushmasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan edi.
Uchrashuvda mazkur memorandum doirasida hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish imkoniyatlari o‘rganildi.
Xususan, madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma tadbirlar tashkil etish, hunarmandchilikning turli yo‘nalishlarini rivojlantirish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlar bu borada tadbirkorlar va ishbilarmonlardan iborat delegatsiyalar tashriflarini tashkil etishga kelishib oldi.
Muloqotda Samarqand va Agra shaharlarining ulkan turizm salohiyatidan foydalanib, mazkur hududlar sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 15
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.