Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:
Samarqand viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi:
— Ta’lim muassasalarini o‘quv-metodik ta’minlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi - Yetakchi mutaxassisi.
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi:
— Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi - Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va boshqa to‘lovlarni tashkil qilish sho‘basi katta inspektori;
Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi:
— Jomboy tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i;
— Bulung‘ur tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i;
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi:
— Paxtachi tumani irrigatsiya bo‘limi - Hisobchisi.
Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoya boshqarmasi:
— Qo‘shrabot tuman bo‘limi - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi.
Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi:
— Kattaqo‘rg‘on shahar xalq ta’limi bo‘limi - O‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash sho‘basi chet tili fanlari metodisti.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi:
— Shahar hokimligi - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi 1-toifali mutaxassisi;
— Shahar hokimligi - Bolalarni himoya qilish sho‘basi bosh mutaxassisi;
— Shahar hokimligi - Ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassisi.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.
Hujjatlar 2021 yil 23 noyabrdan 2 dekabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 4
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.