w w w . s a m a r k a n d . u z

Hurmatli tabiiy gaz iste’molchilari!

Hurmatli tabiiy gaz iste’molchilari!

Respublikamiz bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. 

Shu sababli xonadoningizdagi gaz jihozlariga yanada e’tiborli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

Xonaga kirganingizda gaz hidi yo‘qligiga ishonch hosil qilmaguncha, elektr jihozlarini yoqmang.

Ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilgan zamonaviy elektr jihozlaridan, ikki konturli isitish qozonlaridan foydalanishda hushyorroq bo‘lishingizni iltimos qilamiz.

Agar gaz isitish qozoningiz yerto‘lada joylashgan bo‘lsa, albatta, uni qayta ko‘zdan kechirgan holda foydalaning.

Agar xonadoningizdagi gaz jihozlaridan gaz sizib chiqish holatini sezsangiz, zudlik bilan xonalarni shamollatish choralarini ko‘ring va 104 avariya dispetcherlik xizmatiga murojaat qiling.

«Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 14/02/2022 16:14.   Ko‘rilganligi: 644
 
Material manzili: https://samarkand.uz/regional_government/cooperation/hurmatli-tabiiy-gaz-istemolchilari

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.