w w w . s a m a r k a n d . u z

Cheklab qо‘yilgan ma’lumotlar

Cheklab qо‘yilgan ma’lumotlar

Samarqand viloyati hokimligining faoliyati to‘g‘risida foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‘yilgan ma’lumotlar

RO‘YXATI

  1. Jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari tо‘g‘risidagi axborot.
  2. Jismoniy shaxsning shaxsiy hayoti tо‘g‘risidagi axborot, shuningdek, uning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborot, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
  3. Axborot manbai yoki taxallus bilan imzo chekkan muallif tо‘g‘risidagi axborot, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
  4. Yozishmalar, telefondagi sо‘zlashuvlar, qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar siri tо‘g‘risidagi axborot.
  5. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tergov va sud yurituvi siri hisoblangan ma’lumotlar.
  6. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot egasi axborot olishni cheklagan xizmatga doir ma’lumotlar.
  7. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar.
  8. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan bank siri, shaxsni sug‘urtalash va vasiyat siri.
  9. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan (vrachlik siri, notarial harakatlar, advokatlik siri va boshqalar) kasb faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar.
  10. Ular haqidagi ma’lumotlar rasmiy tarzda e’lon qilingunga qadar ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasining mohiyati tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Samarqand viloyati hokimining 2018 yil 16 maydagi 319-Q-sonli “Samarqand viloyati hokimligi faoliyati bо‘yicha axborotni tо‘plash va uni e’lon qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan. (Qarorni yuklash 4,1 Mb)

 


Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2023 11:36.   Ko‘rilganligi: 2345
 
Material manzili: https://samarkand.uz/regional_government/cheklab-qoyilgan-malumotlar

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.