w w w . s a m a r k a n d . u z

Axborot olish uchun sо‘rovlarni qabul qilish tartibi

Axborot olish uchun sо‘rovlarni qabul qilish tartibi

Samarqand viloyati hokimligi faoliyati tо‘g‘risidagi axborotni olish uchun sо‘rovlarni qabul qilish, rо‘yxatdan о‘tkazish va qayta ishlash tartibi tо‘g‘risidagi

YО‘RIQNOMA

 

Mazkur Yо‘riqnoma О‘zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida»gi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yо‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar kо‘rish tо‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) faoliyati tо‘g‘risidagi axborotni olish uchun sо‘rovlarni qabul qilish, rо‘yxatdan о‘tkazish va qayta ishlash tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Davlat organlarining faoliyati tо‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.
  2. Davlat organlarining faoliyati tо‘g‘risida axborot olishga doir sо‘rov (bundan buyon matnda sо‘rov deb yuritiladi) axborotdan foydalanuvchining davlat organlari faoliyati tо‘g‘risida axborot taqdim etish haqida ushbu organlarga va (yoki) ularning mansabdor shaxslariga yо‘llanadigan og‘zaki yoki yozma shakldagi (shu jumladan, elektron hujjat shaklidagi) talabidir.
  3. Axborotdan foydalanuvchi davlat organlariga ularning faoliyati tо‘g‘risida axborot olish uchun bevosita yoxud о‘z vakillari orqali sо‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega.
  4. Sо‘rovlar «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida kо‘rsatilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
  5. Yozma sо‘rovda murojaat etuvchining elektron manzili kо‘rsatilishi mumkin. Yozma sо‘rovda elektron manzilning kо‘rsatilganligi murojaat etuvchining sо‘rovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bо‘lgan roziligidir.
  6. Sо‘rovlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
  7. Quyidagilar sо‘rov hisoblanmaydi:

jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, shikoyat hamda takliflari;

taqdim etilishining о‘ziga xos xususiyatlari boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, davlat organlarining faoliyatiga taalluqli bо‘lgan axborotning ayrim turlari;

davlat organining boshqa organlarga ularning faoliyati tо‘g‘risidagi axborotni olishga doir sо‘rovlari.

  1. Axborotdan foydalanuvchi tomonidan sо‘ralgan axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qо‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bо‘lsa, sо‘rovda kо‘rsatilgan axborotni taqdim etish rad etiladi va axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.

2-bob. Sо‘rovlarni qabul qilish

  1. Axborotdan foydalanuvchi Samarqand viloyati hokimligiga og‘zaki yoki yozma shaklda yoxud elektron hujjat shaklida sо‘rov bilan murojaat etishi mumkin. Bunda elektron hujjat shaklidagi sо‘rovlar Samarqand viloyati hokimligining rasmiy veb-sayti, rasmiy elektron pochta manzili yoki О‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.
  2. Sо‘rovlarni qabul qilish va rо‘yxatdan о‘tkazilishini ta’minlash Samarqand viloyati hokimining qarori bilan belgilangan sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan amalga oshiriladi.
  3. Sо‘rov pochta orqali kelib tushganda, sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan konvertda sо‘rov mavjudligi tekshiriladi.

Konvertda sо‘rovning yoki sо‘rovda kо‘rsatilgan ilovalarning mavjud emasligi aniqlanganda, sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri (sо‘rov va u yuborilgan konvert bilan birga) sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodimda qoladi, ikkinchisi kuzatuv xatiga ilova qilingan holda konvertda kо‘rsatilgan manzil bо‘yicha yuboriladi.

  1. Elektron hujjat shaklida sо‘rov tushgan kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bо‘lgandan keyin tushgan taqdirda esa - navbatdagi ish kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi kerak.
  2. Axborotdan foydalanuvchini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar kо‘rsatilmagan sо‘rov anonim hisoblanadi va kо‘rib chiqilmaydi.
  3. Sо‘rov anonim deb e’tirof etilganda, bu haqda ijrochi (yoki ijrochilar) tomonidan xulosa tuziladi. Xulosada sо‘rovni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar kо‘rsatiladi. Sо‘rovni anonim deb e’tirof etish tо‘g‘risidagi xulosa sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan tasdiqlanadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan ijrodan olinadi.
  4. Avvalgi sо‘rovlar bо‘yicha yuborilgan javobdan norozilik bildirilgan, shuningdek agar takroriy sо‘rov kelib tushgan paytda kо‘rib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bо‘lsa, avvalgi sо‘rov о‘z vaqtida kо‘rib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir axborotdan foydalanuvchidan kelib tushgan sо‘rov takroriy deb hisoblanadi.

Takroriy sо‘rovga u kelib tushgandan sо‘ng navbatdagi rо‘yxat indeksi berilib, sо‘rovlarni rо‘yxatga olish jurnalida yoki elektron hujjat aylanish tizimida «takroriy» deb qayd etiladi.

  1. Aynan bir axborotdan foydalanuvchining sо‘rovi nusxasi sо‘rov dublikati hisoblanadi. Samarqand viloyati hokimligiga sо‘rov dublikati (nusxasi) kelib tushgan hollarda, ushbu sо‘rovga alohida tartib raqami berilmasdan, birinchi marta rо‘yxatga olingan sо‘rovning tartib raqami va undan sо‘ng bosh harfda «/D» belgisi hamda sо‘rov kelib tushgan sana bilan qayd etiladi (masalan, sо‘rov birinchi marta 2016-yil 10-martda 10-1-25 bilan rо‘yxatga olingan bо‘lib, sо‘rov dublikati ham kelib tushganda, «2016-yil 10-mart, 10-1-25/D» kabi rо‘yxatga olinadi).

3-bob. Sо‘rovlarni rо‘yxatdan о‘tkazish

  1. Sо‘rov Samarqand viloyati hokimligiga kelib tushgandan sо‘ng, u sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan sо‘rovlarni rо‘yxatga olish jurnaliga yoki elektron hujjat aylanish tizimiga qayd etiladi.
  2. Sо‘rovlarni rо‘yxatga olish jurnali yoki elektron hujjat aylanish tizimida sо‘rov qabul qilingan sana, sо‘rovning tartib raqami, sо‘rov bilan murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi (yuridik shaxslar uchun - yuridik shaxsning tо‘liq firma nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, sо‘rovning qisqacha mohiyati, agar sо‘rov dublikat yoki takroriy bо‘lsa, uning dublikat yoki takroriyligi hamda sо‘rov ijrosi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar kо‘rsatiladi.
  3. Axborotdan foydalanuvchi о‘z sо‘rovini u kо‘rib chiqilgunga qadar va kо‘rib chiqilayotgan vaqtda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega.

4-bob. Sо‘rovlarni qayta ishlash

  1. Qabul qilingan va rо‘yxatga olingan sо‘rovlar bir ish kuni ichida Samarqand viloyati hokimi yoki uning о‘rinbosariga rezolyusiya (sо‘rovni ijro etish bо‘yicha kо‘rsatma) qо‘yish uchun kiritiladi.
  2. Rezolyusiyada sо‘rovni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bо‘linma(lar) rahbarining familiyasi, topshiriq mazmuni aks ettiriladi hamda davlat organi rahbari yoki uning о‘rinbosari tomonidan imzolanadi va sana qо‘yiladi.
  3. Rezolyusiya yozilganidan sо‘ng, sо‘rov sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan sо‘rovni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bо‘linma xodimiga imzo qо‘ydirgan holda topshiriladi.
  4. Sо‘rovlar «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida belgilangan tartibda va muddatlarda kо‘rib chiqiladi.
  5. Sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim muntazam ravishda Samarqand viloyati hokimligida sо‘rovlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, shuningdek,Samarqand viloyati hokimligi faoliyati tо‘g‘risida muntazam sо‘raluvchi axborotni nashr etish hamda boshqa muhim masalalar bо‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida sо‘rovlarni umumlashtirish, ularni mazmunan birlashtirish va boshqa shakllarda qayta ishlashni amalga oshiradi.

5-bob. Og‘zaki sо‘rovlarni qabul qilishni tashkillashtirish

  1. Samarqand viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida belgilangan kunlar va soatlarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.
  2. Samarqand viloyati hokimligida axborotdan foydalanuvchilarni qabul qilish uchun mо‘ljallangan alohida xona ajratilishi mumkin.
  3. Axborotdan foydalanuvchi og‘zaki murojaat etayotganda, Samarqand viloyati hokimligi mas’ul xodimiga о‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini, yuridik shaxsning vakili esa о‘zining shaxsini va vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarini kо‘rsatishi kerak. Bunday hujjatlarni kо‘rsatmagan axborotdan foydalanuvchilar qabul qilinmaydi.
  4. Og‘zaki sо‘rov bilan murojaat qilgan axborotdan foydalanuvchini qabul qilish sо‘rov mohiyatidan kelib chiqib, tegishli bо‘linma rahbari hamda sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma xodimi yoki mas’ul xodim ishtirokida amalga oshiriladi.

Agarda og‘zaki sо‘rov bilan murojaat etgan axborotdan foydalanuvchini qabul qilish vaqtida ushbu sо‘rovni kо‘rib chiqish Samarqand viloyati hokimligining vakolat doirasiga kirmasligi aniqlansa, unga sо‘ralayotgan axborotni olish bо‘yicha sо‘rov bilan qaysi davlat organiga murojaat etishi mumkinligi tushuntiriladi va bu haqda sо‘rovlarni rо‘yxatga olish jurnaliga yoki elektron hujjat aylanish tizimiga qayd etiladi.

  1. Axborotdan foydalanuvchilarning og‘zaki sо‘rovlari Samarqand viloyati hokimligining «ishonch telefoni» orqali qabul qilinishi mumkin. Bunda sо‘rovlar mazkur Yо‘riqnomada belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
  2. Og‘zaki sо‘rovga, imkoniyatga qarab darhol javob berilishi kerak.

6-bob. Sо‘rovlarning kо‘rib chiqilishini monitoring qilish

  1. Sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim sо‘rovlarni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bо‘linmalar tomonidan sо‘rovlar kо‘rib chiqilishini doimiy monitoring qiladi, zarur hollarda, sо‘rovlarning о‘z vaqtida kо‘rib chiqilishini ta’minlash choralarini kо‘radi.
  2. Sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim sо‘rovlarni kо‘rib chiqish muddatlari va tartibi sо‘rovlarni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bо‘linmalar tomonidan buzilishi tо‘g‘risida Samarqand viloyati hokimini darhol xabardor qiladi.
  3. Sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim monitoring natijalari bо‘yicha har oyda Samarqand viloyati hokimiga sо‘rovlar kо‘rib chiqilishining holati tо‘g‘risidagi axborotni, zarurat bо‘lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yо‘l qо‘ygan xodimlarga nisbatan javobgarlik choralarini kо‘rish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.
  4. Sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim sо‘rovlarni umumlashtirib, tahlil qilib boradi.

Zarur hollarda, tahlil natijalari bо‘yicha Samarqand viloyati hokimiga davlat organida sо‘rovlar bilan ishlash tizimini va tegishli qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan, shuningdek axborotdan foydalanuvchilar tomonidan davlat organi faoliyati tо‘g‘risida muntazam sо‘raluvchi axborotni nashr etish hamda boshqa muhim masalalar bо‘yicha takliflar kiritadi.

7-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Mazkur Yо‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor bо‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bо‘ladi.

 

Samarqand viloyati hokimining 2018-yil 16-maydagi 319-Q-sonli “Samarqand viloyati hokimligi faoliyati bо‘yicha axborotni tо‘plash va uni e’lon qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan. (Qarorni yuklash 4,1 Mb)

 

 


Oxirgi o‘zgarish: 18/10/2023 15:18.   Ko‘rilganligi: 2353
 
Material manzili: https://samarkand.uz/regional_government/axborot-olish-uchun-sorovlarni-qabul-qilish-tartibi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.