w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatining loyiha va shaharsozlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi loyiha tashkilotlari diqqatiga!!!

Samarqand viloyatining loyiha va shaharsozlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi loyiha tashkilotlari diqqatiga!!!

.

“Samarqand Invest Kompaniyasi” AJ tomonidan Samarqand viloyati Samarqand shahar “Nurli yo‘l” mahallasida renovatsiya dasturi asosida zamonaviy turar-joy majmuasi loyihasini amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududning master reja loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash tanlovi e’lon qilinadi.

 

Mazkur tanlov yuzasidan viloyatimizning 4 ta loyiha qidiruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan 31-martga qadar takliflar taqdim etildi.

 

Tanlov shartlari va talabalari bilan quyidagi ilova orqali tanishishingiz mumkin

Kelib tushgan takliflar viloyat hokimligi va tegishli mutasaddilar hamkorligida muhokama qilinib, tanlov natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

 

Shu munosabat bilan tanlovda faol ishtirok etgan loyiha tashkilotlariga Kompaniya tomonidan minnatdorchilik

bildiriladi.

  


Master reja loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha

TALABLAR

 

Tanlov nomi

Samarqand viloyati Samarqand shahar “Nurli yo‘l” mahallasida renovatsiya dasturi asosida zamonaviy turar-joy majmuasi loyihasini amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududning master reja loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

 

Tanlov maqsadi

Tanlovning asosiy maqsadi - Samarqand viloyati Samarqand shahar “Nurli yo‘l” mahallasida renovatsiya dasturi asosida zamonaviy turar-joy majmuasi loyihasini amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududning master reja loyiha konsepsiyasini hududning tabiiy, madaniy va tarixiy xususiyatlarini o‘zida ifoda etuvchi loyiha konsepsiyasini tayyorlash bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish.

Shu nuqtai nazardan, hududni yanada rivojlantirish maqsadida taklif loyihalarda quyidagi jihatlar ko‘proq e’tiborga olinishi lozim:

  • Hududning tabiiy va madaniy muhitiga mos keladigan va shaharning o‘ziga xosligiga alohida hissa qo‘shadigan loyiha yaratish;
  • Master reja loyihasidagi ob’ektlar (turar-joylar, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy soha ob’ektlari va boshqalar), ko‘kalamzorlashtirish maydonlari, bolalar maydonchalari, piyodalar yo‘laklari va dam olish hududlarini atrof muhitga uyg‘unlashtirilgan holda qulay va ko‘rkam kompozitsiya shakllantirish.

 

Turar-joy majmuasi konsepsiyasini yaratishga qaratilgan ko‘p qirrali ham amaliy, ham innovatsion loyiha hududning arxitekturaviy holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Ushbu maqsadga erishishda mazkur eng yaxshi takliflar tanlovi turli yangidan-yangi g‘oyalarni, iste’dodlarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Tanlov turi

Ushbu tanlov barcha uchun ochiq hamda bir bosqichli shaklda bo‘lib, arxitektura, shaharsozlik va landshaft arxitekturasi nuqtai nazaridan professional darajadagi yondoshuvini talab qiladi.


        
Tanlov tashkilotchisi to‘g‘risida ma’lumot

Nomi: “Samarqand Invest Kompaniyasi” AJ

Manzili: Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydoni, 1-uy

Telefon raqami: (66) 230-43-72

E-pochta: saminvestkompaniyasi@umail.uz

 

Tanlov tashkilotchisi: “Samarqand Invest Kompaniyasi” AJ

Tanlov tashkilotchisi kotibi: Kompaniya bo‘lim bosh mutaxassisi A.Kadirov (tel raqami: 97 393-24-02)     

 

Tanlovda ishtirok etish shartlari

Tanlov ishtirokchilari quyidagilarni bajarishlari shart:

  • Ishtirokchilarning har biri jamoa bo‘lib, loyihalashtirish faoliyati bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lishi lozim;
  • Jamoa sifatida ishtirok etuvchilar o‘z jamoalari tarkibidan bir kishini tanlov ma’muriyati bilan bog‘lanish uchun vakil sifatida tanlashlari zarur;
  • Jamoa sifatida ishtirok etayotgan hamkorlarning har biri tanlov doirasida birdek huquqga yega;
  • Tanlovning rasmiy tili - o‘zbek tili (lotin alifbosida) hisoblanadi.

 

Tanlovda ishtirok etuvchilar uchun quyidagi shartlar talab qilinadi:

1) Har bir jamoa tarkibida arxitektura, landshaft arxitekturasi va qurilish muhandisi (injener) sohalaridan mutaxassislar bo‘lishi kerak.

2) Ishtirokchilar buyurtmachi tashkilot faoliyatiga aloqador bo‘lgan biror bir ishda ishlamasligi lozim.

4) Ishtirokchilar tanlov tashkilotchiligida tanlov bilan bog‘liq har qanday turdagi hujjatlarni tayyorlash, bajarish va natijalarni tasdiqlash ishlarida mas’ul bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

5) Talabgorlar tanlov shartlari bilan tanishib chiqishlari va o‘zlarining tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda tanlov tashkilotchisida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Tanlovda ishtirok etishni istagan talabgorlar tanlov tashkilotchisi kotibidan Samarqand viloyati Samarqand shahar “Nurli yo‘l” mahallasida renovatsiya dasturi asosida zamonaviy turar-joy majmuasi loyihasini amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududning master reja loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov talablarini olishlari mumkin.


Oxirgi o‘zgarish: 02/04/2026 19:06.   Ko‘rilganligi: 608
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/tenders/samarqand-viloyatining-loyiha-va-shaharsozlik-faoliyati-bilan-shugullanuvchi-loyiha-tashkilotlari-diqqatiga

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing