w w w . s a m a r k a n d . u z

Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 sentyabrdagi PQ-372-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamg‘armasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumotlar berib borilmoqda.

Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan,

1-LOT: Yo‘llar qurilishi bo‘yicha:

Ushbu LOTda 2 ta yo‘lda, A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigacha hamda Gagarin ko‘chasini Gulobod ko‘chasidan
M-37 avtomobil yo‘ligacha qismini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda, A.Temur ko‘chasida piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari 95%, 2-qatlam asfalt yotqizish ishlar 100%, 12-son maktab yonida yer osti piyodalar yo‘li qurish ishlari 70%ni tashkil etadi, qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

 

2-LOT: Ko‘prik va Tonnellar qurilishi bo‘yicha:

Ushbu LOTda 2 ta tonnel (Gagarin – M.Ulug‘bek kesishmasida, Gagarin – Rudakiy kesishmasida) va 2 ta ko‘prik (Gagarin ko‘chasida, Siyob kanali ustida) qurilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda, Gagarin va M.Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida kommunikatsiya tarmoqlarini ko‘chirish ishlari yakunlangan, rejadagi jami 350 ta svayalarni qurilish-montaj ishlari yakunlandi.

 Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasi oqova suv quvurlari gaz tarmoqlarini ko‘chirish ishlari bajarilmoqda.

Temir yo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prikda BNS svayalarga karkas to‘qish,
3 dona svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi.

 


3-LOT: Suv inshootlari qurilishi bo‘yicha:

Ushbu LOTda 6 ta nasos stansiyasi (Mulyon, L.Tolstoy, Mikrarayon A va B, Sagdiana, Oktyabrskaya, GorMolZavod), 2 ta suv inshootlarini (Dagbit va Cho‘pon ota) rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda, pudratchi tomonidan loyihalashtirish ishlari bajarilmoqda.

 

4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish bo‘yicha:

Ushbu LOTda ichimlik suv tarmoqlarini qurish, shundan A.Temur ko‘chasida Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigacha hamda Gagarin ko‘chasi bo‘ylab ichimlik suv tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshiriladi.

Bugungi kunda, A.Temur ko‘chasida D-500 bo‘lgan 2 255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilinib, ishlar yakunlandi, montaj qilingan tarmoqlar gidravlik ispitaniyadan o‘tkazildi

Gagarin ko‘chasining O‘zbekiston ko‘chasi kesishmasidan A.Temur ko‘chasiga tomon transheya qazish ishlari olib borilmoqda, obyektda diametri D-800 bo‘lgan 570 metr tarmoq montaj qilindi, D-1000 lik 890 metr tarmoq montaj qilindi.

 

 


Oxirgi o‘zgarish: 04/09/2023 12:18.   Ko‘rilganligi: 508
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/tenders/abu-dabi-taraqqiyot-jamgarmasi-ishtirokida-samarqand-shahri-infratuzilmasini-modernizatsiya-qilish-investitsion-loyihasi-boyicha-amalga-oshirilayotgan-ishlar-togrisida36

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.