Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8 sentyabrdagi PQ-372-sonli qaroriga asosan
Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida maʼlumotlar berib borilmoqda.
Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan,
1-LOT: Yoʻllar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “New Tech Samarkand” MCHJ, “Sinoindustrial Tashkent” MCHJ, “Tekar Teknik Arastirma Ticharet Limited Sirketi” (Oʻzbekiston/Turkiya) konsorsiumi
A.Temur koʻchasida (Boʻstonsaroy koʻchasi kesishmasidan Gagarin koʻchasi kesishmasigacha) piyodalar yoʻlaklarini qurish, tungi yoritish chiroqlari, svetofor qurilmalarini va yoʻl belgilarini oʻrnatish, obodonlashtirish, 2-qatlam asfalt yotqizish ishlari 100 % yakunlandi. 12-son maktab yonida yer osti piyodalar yoʻli qurish ishlari 80%ni tashkil etadi. Ushbu yoʻl boʻyicha 3 qatlam asfalt yotqizish ishlari 2024-yilning aprel oyida yakunlanishi rejalashtirilgan. Mahalliy byudjet mablagʻlari xisobiga mavjud (doʻkonli) avtobekatlarni tegishli tartibda koʻchirish ishlari amalga oshirilgandan soʻng, loyiha doirasida yangi avtobekatlar qurilishi belgilangan.
A.Temur koʻchasining Gagarin koʻchasi kesishmasidan Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasi kesishmasigacha yoʻlning chap va oʻng tomonlarida 1000 m. asos tayyorlanib 2-qatlam asfalt yotqizish ishlari bajarildi, 500 metr qismida piyodalar yoʻlaklarini qurish ishlari bajarilgan, ishlar olib borilmoqda.
A.Temur va Gagarin koʻchalari kesishmasidan Firdavsiy koʻchasigacha boʻlgan qismida 500 m. aloqa tarmoqlarini koʻchirishi ishlari va yoʻlning chap va oʻng tomonlarida 2-qatlam 400 m. asfalt yotqizish ishlari toʻliq yakunlandi, ishlar davom ettirilmoqda.
Gagarin va A.Temur koʻchalari kesishmasidan boshlab M.Ulugʻbek koʻchasi kesishmasi tomon yoʻlning chap va oʻng tomonida 1300 m. asos qurish ishlari, 2-qatlam asfalt yotqizish va piyodalar yoʻlaklarini qurish ishlari toʻliq yakunlandi, koʻchaning M.Ulugʻbek koʻchasi kesishmasidan Navoiyshox koʻchasi tomon yoʻlning oʻng tomonida asos qurish ishlari bajarilmoqda, ishlar davom ettirilmoqda.
2-LOT: Koʻprik va Tonnellar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH” & “Shaanxi Road and Bridge Group CHo., Ltd” konsorsiumi
Gagarin va M.Ulugʻbek koʻchalari kesishmasida kommunikatsiya tarmoqlarini koʻchirish, BNS svayaga karkas toʻqish, beton quyish ishlari yakunlandi. Rejadagi 597 ta svayadan 597 ta svayni qurilish-montaj ishlari va 640 metr rostvergdan 640 metr qismi toʻliq yakunlangan,
93,4 metr tirgak devor qurish ishlari 100% bajarilgan. 18 metr uzunlikdagi 61 dona beton balkalari oʻrnatish, karkas toʻqish ishlari yakunlanib, deformatsion shof oʻrnatish ishlari amalga oshirildi va pardozlash ishlari yakuniga yetkazildi.
Xozirda tonnelning ustki qismida gidroizolyatsiya ishlari yakuniga yetkazildi va tekis beton qatlami yotqizildi, tonnelning ichki qismida yoʻl qurish ishlari uchun shagʻal qoplamasi yotqizilmoqda. Qor, yomgʻir suvlarini qochirish quvurlari oʻrnatilgan, fasad qismida pardozlash va armirovka ishlari, M.Ulugʻbek koʻchasi boʻylab 2 ta piyodalar uchun yoʻlaklar qurish ishlari amalga oshirilmoqda, texnik xonalar uchun kotlovan qazish ishlari bajarildi. Gagarin va Rudakiy koʻchalari kesishmasi suv quvurlari, gaz tarmoqlarini koʻchirish ishlari bajarilmoqda, ishlar davom ettirilmoqda.
3-LOT: Suv inshootlari qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
Choʻpon Ota suv inshootida 8 dona suv quduqlarining paviloni (domik) buzish ishlari yakunlandi. Nasos stansiyalarini loyihalashtirish ishlari yakunlanmoqda, nasoslarning hajmiga aniqlik kiritilgan va ishlab chiqaruvchiga buyurtmalar berilgan.
Eron Islom Respublikasidan ichimlik suv quvurlarini (D-200 dan D-1400 gacha boʻlgan) olish uchun buyurtma berilgan, hozirgi kunda 15 534 metr quvurlar Choʻpon ota va Daxbed suv inshootlariga olib kelindi.
Hozirda ushbu olib kelingan quvurlarning (D-1400-1200) 2000 m. uzunlikdagi qismi Choʻpon ota va (D-1200) 800 m. uzunlikdagi qismi Daxbed suv inshootlarida montaj qilindi.
Suv inshootlarida (quduq) burgʻulash ishlari olib borilmoqda, shundan 6 ta suv quduqlar yakunlandi va 2 tasida burgʻulash ishlari amalga oshirilmoqda, mavjud 8 ta suv quduqlari tozalandi, ishlar davom ettirilmoqda.
4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
A.Temur koʻchasining Boʻstonsaroy koʻchasi kesishmasidan Gagarin koʻchasi kesishmasigacha D-500 boʻlgan 2 255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilinib, ishlar yakunlandi, montaj qilingan tarmoqlar gidravlik sinovdan oʻtkazildi.
Koʻchaning Gagarin koʻchasi kesishmasidan boshlab “Atlas” savdo majmuasi (Gormolzavod) kesishmasi tomon qoʻshimcha tarzda D-500 boʻlgan 1050 metr quvurlar montaj qilindi, ishlar davom ettirilmoqda. Gagarin koʻchasida diametri D-100 boʻlgan 380 metr, D-150 boʻlgan 570 metr, D-200 boʻlgan 1450 metr (temir quvur) tarmoq, D-800 boʻlgan 570 metr tarmoq montaj qilindi, D-1000 lik 4 212 metr tarmoq montaj qilindi, D-1400 lik kojox 550 metr oʻrnatildi, ishlar davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 4
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.