w w w . s a m a r k a n d . u z

Abu-Dabi Taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida

Abu-Dabi Taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida

.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8 sentyabrdagi PQ-372-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida maʼlumotlar berib borilmoqda.

Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan:

1-LOT: Yoʻllar qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “New Tech Samarkand” MCHJ, “Sinoindustrial Tashkent” MCHJ, “Tekar Teknik Arastirma Ticharet Limited Sirketi” (Oʻzbekiston/Turkiya) konsorsiumi

A.Temur ko‘chasida jami 4,4 km. qismi (Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigacha 2,3 km., Gagarin ko‘chasidan S.Buxoriy ko‘chasigacha qo‘shimcha 2,1 km.) qurilish ishlari yakunlandi, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Gagarin ko‘chasining Firdavsiy ko‘chasidan Bog‘dod ko‘chasigacha 3,3 km.qismida qurilish ishlari yakunlandi, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Gagarin ko‘chasining Firdavsiy ko‘chasi bilan kesishmasidan ushbu ko‘chaning O‘zbekiston ko‘chasi bilan kesishmasiga qadar 600 masofada 2 qatlam asfalt yotqizildi, o‘ng tomonda mahalliy yo‘l qismida 180 metr asos qurish ishlari bajarilmoqda, 550 metr qismida piyodalar yo‘lagi qurildi.

Usta Quli Jalolov ko‘chasida 450 metr asos qurish ishlari bajarilmoqda.

Lolazor ko‘chasida 1,2 km. (bulvar) masofada 3 qatlam asfalt yozqizildi, K.Behzod ko‘chasida o‘ng va chap tomonida jami 870 metr qismida 3 qatlam asfalt yozqizildi. piyodalar yo‘laklari qurilishi ishlari davom ettirilmoqda.

Ushbu lot doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan  Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida Ali Qushchi ko‘chasigacha 1 km. masofada 3 qatlam asfalt yotqizildi, Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasigacha 700 metr masofada o‘ng va chap tomonida 3 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘lagi qurilmoqda, Narpay ko‘chasidan M.Ulug‘bek ko‘chasiga 500 metr qismida loyiha bo‘yicha to‘liq 2 qatlam  asfalt yotqizildi, ushbu yo‘lda piyodalar yo‘lagiga plitkalar terish ishlari davom etmoqda.

2-LOT: Koʻprik va Tonnellar qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH” & “Shaanxi Road and Bridge Group CHo., Ltd” konsorsiumi

Gagarin va M.Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida yer osti transport tonneli, 2 ta yer osti piyodalar yo‘lagining qurilish ishlari to‘liq yakunlandi.

Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida tonnel ob’ekti qurilishida BNS svayalarga karkas to‘qish va beton olish ishlari bajarilmoqda, loyiha bo‘yicha jami 737 ta svaya qurish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha 548 dona svayalar uchun beton olish ishlari yakunlandi, shuningdek, rostverg uchun armokarkas o‘rnatish va beton olish ishlari olib borilayotgan bo‘lib, hozirgacha 510 metr uzunlikda rostverg qurish ishlari yakunlandi, tonnelni ochish bo‘yicha tuproq ishlari boshlangan bo‘lib, 7 ming m3 tuproq chiqarildi, tonnelga irrigatsiya lotoklari o‘rnatilmoqda, Rudakiy ko‘chasida 2 dona yer osti piyodalar yo‘lagi qurish ishlari 70% ga bajarilgan, yer osti piyodalar yo‘lagining ichki qismida fasad ishlari bajarilmoqda. Ishlar davom etmoqda.

Temir yo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prikda BNS svayalarga karkas to‘qish, 3 dona svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi.

3-LOT: Suv inshootlari qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya)  konsorsiumi

Cho‘pon ota suv inshootida 9 439 m. masofada (D-300-1400) quvurlar montaj qilindi.

Dahbet suv inshootida 3 160 m. masofada (D-300-1400) quvurlar montaj qilindi, transformatorlar montaj qilindi, inshootda binolar rekonstruksiya qilinmoqda, tom yopish ishlari bajarilmoqda.

Cho‘pon ota suv inshootida 22 ta suv quduqlari yangidan qurildi, nasos stansiyasi uchun yangi bino qurilishining poydevor ishlari yakunlandi.

Sogdiana nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 4 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, nasoslarni boshqaruv panellari o‘rnatildi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

L.Tolstoy nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 4 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, ishlar davom etmoqda.

Gormolzavod nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 5 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Muliyon nasos stansiyasida asosiy binoni rekonstruksiya qilish ishlari bajarilmoqda, yaroqsiz uskunalar demontaj qilindi, binoning tom ta’mirlandi, fasad qismini ta’mirlash ishlari yakunlandi.

Oktabrskaya nasos stansiyasida eski binoni demontaj qilish ishlari yakunlandi, yangi binoning metallokonstruksiya qurilmasi montaj qilinib, sendvich panel qoplamasi yakunlandi, nasos uskunalari o‘rnatilmoqda.

Mikrorayon A, B nasos stansiyasida yuqori kuchlanishli elektr montaj qilish ishlari yakunlandi, yangi binoni poydevor ishlari yakunlandi

4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish boʻyicha:

Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya)  konsorsiumi

A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Gagarin ko‘chasi kesishmasiga qadar D-500 bo‘lgan jami 2 255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilindi, tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.

Ko‘chaning Gagarin ko‘chasi kesishmasidan boshlab “Atlas” savdo majmuasi (Gormolzavod) kesishmasi tomon qo‘shimcha tarzda D-500 bo‘lgan 1050 metr quvurlar montaj qilindi.

Gagarin ko‘chasida jami 9 022 metr (D-100 dan D-1000 gacha, shundan
D-1000 lik 4 332 metr) ichimlik suv tarmoqlar montaj qilindi, 610 metr kojoxlar o‘rnatildi. tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.

Dahbet suv inshootidan Gagarin ko‘chasiga tomon diametri D-1000 bo‘lgan 1034 metr tarmoq montaj qilindi, D-1420 bo‘lgan 24 metr prokol montaj qilindi.

Ushbu lot doirasida qo‘shimcha tarzda Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida mavjud suv tarmog‘iga ikkilamchi quvurlarni tortish va 3 dona suv quduqlar (kamera) o‘rnatili, Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasigacha D-500 bo‘lgan 690 metr tarmoq montaj qilindi, ichki tarmoqlarni montaj qilish ishlar davom ettirilmoqda.

5-LOT: Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi yo‘l va ko‘prikni qurish:

Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH”

Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi 3,7 km. yo‘l va 2 ta ko‘prikni qurish bo‘yicha Pudratchi tomonidan qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, 7 ta uchastkaga ajratilgan.

Ob’ektda 3,8 km. yer ishlari, 3,7 km. qum-shag‘al aralashmasi (GPS) yotqizildi, 1,5 km. asfalt yotqizildi, 1 ta ko‘prikning qurilish ishlari 70%ga bajarildi, 1,5 km. piyodalar yo‘lagiga sement-beton yotqizish va suv chiqarish lotoklarini montaj qilish ishlari bajarilmdi, 500 metr masofada ikki tomonlama piyodalar qurildi. Ishlar davom etmoqda.

5-LOT: Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash:

Pudratchi: “Me’yor qurilish asfalt” MChJ QK & “2-son MKK” MChJ konsorsiumi

Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi 38,3 km. ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha Pudratchi tomonidan qurilish ishlari boshlangan.

Loyihada jami 60 ta ko‘chalar ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirgacha 19,8 km. masofada yer ishlari, 15,0 km. shag‘al yotqizish va 13,0 km. asfalt yotqizish ishlari bajarildi, 1,5 km. piyodalar yo‘laklari qurildi. Ishlar davom etmoqda.

6-LOT: Samarqand shahar Qorasuv massivi yo‘llarini ta’mirlash:

Pudratchi: “Samarqand Uzbekgazsuv Qurilish” МЧЖ ҚК & “Ak-Zhol” MChJ konsorsiumi

Ob’ektda 800 metr 1 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘laklarini demontaj qilish ishlari bajarilmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 07/10/2025 15:15.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/tenders/abu-dabi-taraqqiyot-jamgarmasi-ishtirokida-samarqand-shahri-infratuzilmasini-modernizatsiya-qilish-investitsion-loyihasi-boyicha-amalga-oshirilayotgan-ishlar-togrisida147

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing