w w w . s a m a r k a n d . u z

Abu-Dabi Taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida

Abu-Dabi Taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida

.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8 sentyabrdagi PQ-372-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida maʼlumotlar berib borilmoqda.

Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan:

1-LOT: Yoʻllar qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “New Tech Samarkand” MCHJ, “Sinoindustrial Tashkent” MCHJ, “Tekar Teknik Arastirma Ticharet Limited Sirketi” (Oʻzbekiston/Turkiya) konsorsiumi

A.Temur ko‘chasida jami 4,5 km. qismi (Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigacha 2,3 km., Gagarin ko‘chasidan S.Buxoriy ko‘chasigacha qo‘shimcha 2,2 km.) qurilish ishlari yakunlandi, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda. A.Temur ko‘chasida 12-son maktab oldida yer osti piyodalar yo‘lagi qurildi, ishlar yakunlandi.

Gagarin ko‘chasining Firdavsiy ko‘chasidan Bog‘dod ko‘chasigacha 3,3 km. masofada qurilish ishlari yakunlandi, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Gagarin ko‘chasining Firdavsiy ko‘chasidan Bobur Mirzo ko‘chasigacha  ko‘chasigacha 1,1 m. masofada 3 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘lagini qurish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari yakunlandi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Bobur Mirzo ko‘chasida ko‘chasida ko‘chasida 400 metr qismiga 1 qatlam asfalt yotqizildi, yo‘lning ikki tarafida piyodalar yo‘lagini qurish ishlari yakunlandi.

K.Bexzod ko‘chasida (SamDAQU) 870 metr 3 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘lagini qurish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari yakunlandi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Lolazor ko‘chasida 660 metr (SamDAQU hiyoboni) masofada 3 qatlam asfalt yozqizildi, piyodalar yo‘lagini qurish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari yakunlandi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Guliston ko‘chasidan Gulobod ko‘chasi bo‘ylab ob’ektning 1,3 km. Qismida 3 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘lagini qurish ishlari yakunlanmoqda.

Gagarin ko‘chasining Siyob kanalidan M-37 avtomobil yo‘li tomonga qarab 480 metr masofada ikki qatlam asfalt yotqizildi. Irrigatsiya tarmoqlari qurilmoqda.

Ushbu lot doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan Buyuk Ipak Yo‘li va A.Temur ko‘chalari kesishmasidan ushbu ko‘chaning M.Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishmasiga qadar 2,3 km. qismida 3 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘lagi qurildi. 

Shuningdek, Imom al-Buxoriy majmuasiga kirish yo‘lining 600 metr qismi rekonstruksiya qilindi.

“Bo‘zi” MFY hududida 260 metr masofada 2 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘lagi qurilmoqda.

2-LOT: Koʻprik va Tonnellar qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH” & “Shaanxi Road and Bridge Group CHo., Ltd” konsorsiumi

Gagarin va M.Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida yer osti transport tonneli, 2 ta yer osti piyodalar yo‘lagining qurilish ishlari to‘liq yakunlandi.

Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida yer osti transport tonneli, 2 ta yer osti piyodalar yo‘lagining qurilish ishlari to‘liq yakunlandi.

Temir yo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prikda 139 dona BNS svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi, 609 m3 rostverg qurildi, ishlar davom etmoqda.

Siyob kanali ustidan o‘tuvchi ko‘prikda 58 dona BNS svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi, 212 m3 rostverg qurildi, ishlar davom etmoqda.

3-LOT: Suv inshootlari qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “MESMER-EAST LLC” (O‘zbekiston) & “GÜÇLÜ İNŞAAT” (Turkiya)  konsorsiumi.

Cho‘pon ota suv inshootida 9 439 m. masofada (D-300-1400) quvurlar montaj qilindi, 52 ta suv quduqlari yangidan qurildi, nasos stansiyasi  uchun yangi bino qurildi, yangidan qurilgan xlorlash binosida uskunalar o‘rnatilmoqda.

Dahbet suv inshootida 3 160 m. masofada (D-300-1400) quvurlar montaj qilindi, 15 ta suv quduqlari yangidan qurildi, 4 ta yangi nasos o‘rnatildi, binolarni rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi, yangidan qurilgan xlorlash binosida uskunalar o‘rnatilmoqda.

Sogdiana nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 4 ta nasos uskunalari o‘rnatilib, inshoot to‘liq ishga tushirildi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

L.Tolstoy nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 4 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, inshoot to‘liq ishga tushirildi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Gormolzavod nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 5 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Muliyon nasos stansiyasida asosiy binoni rekonstruksiya qilish ishlari bajarilmoqda, 2 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, ishga tushirildi.

Oktabrskaya nasos stansiyasida yangi bino qurildi, 4 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, inshoot to‘liq ishga tushirildi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Mikrorayon A, B nasos stansiyasida yangi bino qurildi, 4 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, inshoot to‘liq ishga tushirildi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish boʻyicha:

Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya)  konsorsiumi

A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Gagarin ko‘chasi kesishmasigacha D-500 bo‘lgan jami 2 255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilindi, tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.

Ko‘chaning Gagarin ko‘chasi kesishmasidan boshlab “Atlas” savdo majmuasi (Gormolzavod) kesishmasi tomon qo‘shimcha tarzda D-500 bo‘lgan 1 050 metr quvurlar montaj qilindi.

Gagarin ko‘chasida jami 9 022 metr (D-100 dan D-1000 gacha, shundan D-1000 lik 4 332 metr) ichimlik suv tarmoqlar montaj qilindi, 610 metr kojoxlar o‘rnatildi. tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.

Dahbet suv inshootidan Gagarin ko‘chasiga tomon diametri D-1000 bo‘lgan 1 960 metr tarmoq montaj qilindi, D-1420 bo‘lgan 24 metr prokol montaj qilindi, tarmoqni temir yo‘l ostidan o‘tkazish uchun gorizontal burg‘ulash ishlari (37 metr bajarildi) bajarilmoqda.

Ushbu lot doirasida qo‘shimcha tarzda Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida mavjud suv tarmog‘iga ikkilamchi quvurlarni tortish va 3 dona suv quduqlar (kamera) o‘rnatili, Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasigacha

D-500 bo‘lgan 690 metr tarmoq montaj qilindi, ichki tarmoqlarni montaj qilish ishlar yakunlandi.


Oxirgi o‘zgarish: 01/07/2026 10:56.   Ko‘rilganligi: 14
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/tenders/abu-dabi-taraqqiyot-jamgarmasi-ishtirokida-samarqand-shahri-infratuzilmasini-modernizatsiya-qilish-investitsion-loyihasi-boyicha-amalga-oshirilayotgan-ishlar-togrisida141

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing