w w w . s a m a r k a n d . u z

Abu-Dabi Taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi boʻyicha amalga oshirilаyotgan ishlar toʻgʻrisida

Abu-Dabi Taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi boʻyicha amalga oshirilаyotgan ishlar toʻgʻrisida

.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8 sentyabrdagi PQ-372-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida maʼlumotlar berib borilmoqda.

Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan:

1-LOT: Yoʻllar qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “New Tech Samarkand” MCHJ, “Sinoindustrial Tashkent” MCHJ, “Tekar Teknik Arastirma Ticharet Limited Sirketi” (Oʻzbekiston/Turkiya) konsorsiumi

A.Temur ko‘chasida jami 4,4 km. qismi (Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigacha 2,3 km., Gagarin ko‘chasidan S.Buxoriy ko‘chasigacha qo‘shimcha 2,1 km.) qurilish ishlari yakunlandi, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Gagarin ko‘chasining Firdavsiy ko‘chasidan Bog‘dod ko‘chasigacha 3,3 km.qismida qurilish ishlari yakunlandi, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Lolazor ko‘chasida (SamDAQU hududi) 1,2 km. (bulvar) masofada 3 qatlam asfalt yozqizildi, piyodalar yo‘lagi qurilmoqda, K.Behzod ko‘chasining 870 metr qismida (chap tomonda) 2 qatlam aslfalt yotqizildi, o‘ng tarafida asos qurish ishlari yakunlanib, 2 qatlam asfalt yotqizish ishlari davom ettirilmoqda.

Ushbu lot doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishmasidan Ali Qushchi ko‘chasi bilan kesishmasiga qadar 1 km. Masofada 3 qatlam asfalt yotqizildi, ushbu ko‘chaning Narpay ko‘chasi bilan kesishmasiga qadar ko‘chaning chap tomonida  700 metr masofada 2 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘lagini qurish ishlari davom ettirilmoqda.  qurilmoqda, o‘ng tomonda 2 qatlam asfalt yotqizildi.

2-LOT: Koʻprik va Tonnellar qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH” & “Shaanxi Road and Bridge Group CHo., Ltd” konsorsiumi

Gagarin va M.Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida yer osti transport tonneli, 2 ta yer osti piyodalar yo‘lagini qurish ishlari davom ettirilmoqda.

Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida tonnel ob’ekti qurilishida BNS svayalarga karkas to‘qish va beton olish ishlari bajarilmoqda, hozirgacha ushbu ob’ektda jami 280 ta svayalar uchun beton olish ishlari yakunlandi, rostverg uchun armokarkas o‘rnatish va beton olish ishlari olib borilmoqda, chap tomonda 180 metr uzunlikda va o‘ng tomonda 130 metr rostverg qurish ishlari yakunlandi. Temir yo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prikda BNS svayalarga karkas to‘qish,  3 dona svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi.

 3-LOT: Suv inshootlari qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya)  konsorsiumi

Cho‘pon ota suv inshootida 9 439 m. masofada (D-300-1400) quvurlar montaj qilindi.

Dahbet suv inshootida 3 160 m. masofada (D-300-1400) quvurlar montaj qilindi, inshootda binolar rekonstruksiya qilinmoqda, transformatorlar montaj qilinmoqda.

Cho‘pon ota suv inshootida 22 ta suv quduqlari yangidan qurildi.

Sogdiana nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 4 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, nasoslarni boshqaruv panellari o‘rnatildi, obodonlashtirish ishlari boshlandi.

L.Tolstoy nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 4 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, ishlar davom etmoqda.

Gormolzavod nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 5 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, ishlar davom etmoqda.

Muliyon nasos stansiyasida asosiy binoni rekonstruksiya qilish ishlari bajarilmoqda, yaroqsiz uskunalar demontaj qilindi.

Oktabrskaya nasos stansiyasida eski binoni demontaj qilish ishlari yakunlandi, yangi binoning poydevorini qurish ishlari yakunlandi.

Mikrorayon A, B nasos stansiyasida yuqori kuchlanishli elektr montaj qilish ishlari yakunlandi, aholiga suv yetkazib berish uchun vaqtinchalik nasoslar o‘rnatildi.

4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish boʻyicha:

Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya)  konsorsiumi

A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Gagarin ko‘chasi kesishmasiga qadar D-500 bo‘lgan jami 2 255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilindi, tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.

Ko‘chaning Gagarin ko‘chasi kesishmasidan boshlab “Atlas” savdo majmuasi (Gormolzavod) kesishmasi tomon qo‘shimcha tarzda D-500 bo‘lgan 1050 metr quvurlar montaj qilindi.

Gagarin ko‘chasida jami 9 022 metr (D-100 dan D-1000 gacha, shundan D-1000 lik 4 332 metr) ichimlik suv tarmoqlar montaj qilindi, 610 metr kojoxlar o‘rnatildi. tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.

Dahbet suv inshootidan Gagarin ko‘chasiga tomon diametri D-1000 bo‘lgan 535 metr tarmoq montaj qilindi, D-1420 bo‘lgan 12 metr prokol montaj qilindi.

Ushbu lot doirasida qo‘shimcha tarzda Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida mavjud suv tarmog‘iga ikkilamchi quvurlarni tortish va 3 dona suv quduqlar (kamera) o‘rnatili, Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasigacha

D-500 bo‘lgan 690 metr tarmoq montaj qilindi, ichki tarmoqlarni montaj qilish ishlar davom ettirilmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 11/06/2025 11:05.   Ko‘rilganligi: 25
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/tenders/abu-dabi-taraqqiyot-jamgarmasi-ishtirokida-samarqand-shahri-infratuzilmasini-modernizatsiya-qilish-investitsion-loyihasi-boyicha-amalga-oshirilayotgan-ishlar-togrisida14

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing