w w w . s a m a r k a n d . u z

Abu-Dabi Taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida

Abu-Dabi Taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida

.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentyabrdagi PQ-372-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida maʼlumotlar berib borilmoqda.

Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan:

1-LOT: Yoʻllar qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “New Tech Samarkand” MCHJ, “Sinoindustrial Tashkent” MCHJ, “Tekar Teknik Arastirma Ticharet Limited Sirketi” (Oʻzbekiston/Turkiya) konsorsiumi

A.Temur ko‘chasida (Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Gagarin ko‘chasi kesishmasigacha) 3 qatlam asfalt yotqizilib, devordan devorgacha (yondosh ko‘chalarga asfalt yotqizish, piyodalar yo‘lagi, veloyo‘lak, avtomobillar to‘xtab turish joylari, irrigatsiya, ko‘kalamzorlashtirish, tungi yoritish chiroqlari, svetofor, yo‘l belgilari o‘rnatish) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi, hozirda ushbu yo‘lda yer osti piyodalar yo‘lagi qurish va obodonlashtirish ishlari davom bajarilmoqda.

A.Temur ko‘chasining Gagarin ko‘chasi kesishmasidan Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi kesishmasigacha 3 qatlam asfalt yotqizilib, devordan devorgacha (yondosh ko‘chalarga asfalt yotqizish, piyodalar yo‘lagi, veloyo‘lak, avtomobillar to‘xtab turish joylari, irrigatsiya, ko‘kalamzorlashtirish, tungi yoritish chiroqlari, svetofor, yo‘l belgilari o‘rnatish) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi. Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasidan Turkiston ko‘chasi kesishmasiga qadar 3 qatlam asfalt yotqizilib, devordan devorgacha (yondosh ko‘chalarga asfalt yotqizish, avtomobillar to‘xtab turish joylari, irrigatsiya, tungi yoritish chiroqlari, svetofor) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi. Hozirda, piyodalar yo‘lagi, veloyo‘lak va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarilmoqda.

A.Temur ko‘chasining Turkiston ko‘chasi kesishmasidan S.Buxoriy ko‘chasigacha 3 qatlam asfalt yotqizilib, devordan devorgacha (yondosh ko‘chalarga asfalt yotqizish, piyodalar yo‘lagi, veloyo‘lak, avtomobillar to‘xtab turish joylari, irrigatsiya, ko‘kalamzorlashtirish, tungi yoritish chiroqlari) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi, hozirda svetofor qurilmalari va yo‘l belgilari o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

Gagarin ko‘chasining A.Temur ko‘chasi kesishmasidan Firdavsiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 400 metr masofada 3 qatlam asfalt yotqizilib, devordan devorgacha (avtomobillar to‘xtab turish joylari, irrigatsiya, tungi yoritish chiroqlari) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi, hozirda yondosh ko‘chalarga asfalt yotqizish, piyodalar yo‘lagi, veloyo‘lak, ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

A.Temur ko‘chasidan Bog‘dod ko‘chasigacha 3 qatlam asfalt yotqizilib, devordan devorgacha (yondosh ko‘chalarga asfalt yotqizish, piyodalar yo‘lagi, veloyo‘lak, avtomobillar to‘xtab turish joylari, irrigatsiya, tungi yoritish chiroqlari, svetofor,) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi, hozirda ko‘kalamzorlashtirish va yo‘l belgilarini o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda. Lolazor ko‘chasida asos qurish ishlari yakunlanib, 900 masofada 2 qatlam asfalt yotqizildi, yo‘lning 400 metr qismida asos qurish ishlari bajarilmoqda. Ushbu lot doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasining A.Temur ko‘chasi bilan kesishmasidan M.Ulug‘bek ko‘chasiga qadar qismini rekonstruksiya qilish ishlari boshlangan bo‘lib, tramvay yo‘lini avtomobil yo‘li loyihasiga moslash (otmetka) ishlari bajarildi, hozirda A.Temur ko‘chasidan Ali Qushchi ko‘chasigacha yo‘lning bir tarafida 1 km. masofada asos qurish, 2 qatlam asfalt yotqizish ishlari yakunlandi, yo‘lning bir tarafida 900 metr piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari yakunlandi, ishlar davom ettirilmoqda.

 

2-LOT: Koʻprik va Tonnellar qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH” & “Shaanxi Road and Bridge Group CHo., Ltd” konsorsiumi

Gagarin va M.Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida kommunikatsiya tarmoqlarini ko‘chirish, BNS svayaga karkas to‘qish, beton quyish ishlari yakunlandi. Rejadagi 597 ta svayadan 597 ta svayni qurilish-montaj ishlari va 640 metr rostvergdan 640 metr qismi to‘liq yakunlangan, 93,4 metr tirgak devor qurish ishlari 100% bajarilgan. 18 metr uzunlikdagi 61 dona beton balkalari o‘rnatish, karkas to‘qish, deformatsion chok o‘rnatish, pardozlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Yo‘l o‘tkazgichning ostki qismiga 3 qatlam asfalt yotqizish ishlari yakunlandi, ustki qismida esa gidroizolyatsiya, tekis beton qatlami va asfalt qoplamasi to‘liq yotqizildi, ichki qismida 3 qatlam asfalt qoplamasi yotqizildi, ichki fasad qismida pardozlash ishlari yakunlandi.

Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining 2 ta hududida (shahar IIOFMB va 13-sonli maktabga yondosh) yer osti piyodalar yo‘lagini qurish ishlari 75%ga bajarildi, fasad va pol qismlariga granit terish ishlari bajarilmoqda.

Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida aloqa tizimlari ko‘chirildi, ichimlik suvi, oqova va gaz tarmoqlarini ko‘chirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda, ishlar davom ettirilmoqda. Ob’ekt hududida 3 ta yuqori kuchlanishli 110 kVt. havo elektr tarmog‘idan 1 ta elektr tarmog‘i ko‘chirildi.

Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida tonnel ob’ekti qurilishida BNS svayalarga karkas to‘qish va svayalar uchun jami 119 ta (skvajina) chuqur kovlangan, shundan 119 dona chuqurga beton olish ishlari bajarildi. Temir yo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prikda BNS svayalarga karkas to‘qish, 3 dona svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi.

 

3-LOT: Suv inshootlari qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya)  konsorsiumi

Ob’ektning loyihalashtirish ishlari yakunlangan va loyiha hujjatlari ekspertizaga taqdim qilingan. Loyihalar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Cho‘pon ota suv inshooti bo‘yicha ekspertiza ijobiy xulosasi olindi.

Daniya Respublikasining “GRUNFOS” kompaniyasidan 82 ta ichimlik suv quduqlari uchun nasoslar keltirildi, Germaniyaning “Siemens Innomotics” kompaniyasidan rejadagi nasoslar uchun jami 35 ta dvigatellardan Cho‘pon Ota suv inshootiga 6 tasi keltirildi. Mavjud nasos stansiyalari uchun Turkiya davlatidan 6 ta dizel generatorlar hamda binolari uchun Eron Islom Respublikasidan metollokonstruksiyalar olib kelindi.

Cho‘pon ota va Dahbed suv inshootlariga Eron Islom Respublikasidan diametri 200 mmdan 1400 mmgacha bo‘lgan ichimlik suv quvurlarini olish uchun buyurtma berilgan, hozirgi kunda 15 534 metr quvurlar olib kelingan. Bugungi kunga qadar, Cho‘pon ota suv inshootiga diametri 300 mmdan 1400 mmgacha bo‘lgan 9 399 m. Dahbed suv inshootiga esa 3 160 m. uzunlikdagi quvurlar montaj qilingan.

Suv inshootlaridagi 14 ta quduqlarda burg‘ulash ishlari yakunlanib mavjud 8 ta suv quduqlari tozalandi, ishlar davom ettirilmoqda.

Sogdiana, Gormolzavod, L.Tolstoy nasos stansiyalarida yangi binoning metollokonstruksiya ishlari yakunlandi. Oktabrskay a nasos stansiyasida ishlar boshlandi, qurilish davomida aholiga vaqtinchalik suv yetkazib berish uchun ichimlik suv quvurlari montaj qilinmoqda.

4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish boʻyicha:

Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya)  konsorsiumi

A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Gagarin ko‘chasi kesishmasigacha D-500 bo‘lga n 2 255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilinib, ishlar yakunlandi, montaj qilingan tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.

Ko‘chaning Gagarin ko‘chasi kesishmasidan boshlab “Atlas” savdo majmuasi (Gormolzavod) kesishmasi tomon qo‘shimcha tarzda D-500 bo‘lgan 1 050 metr quvurlar montaj qilindi.

Gagarin ko‘chasida diametri D-100 bo‘lgan 1 000 metr, D-150 bo‘lgan 1 170 metr, D-200 bo‘lgan 1 950 metr (temir quvur) tarmoq, D-800 bo‘lgan 570 metr tarmoq montaj qilindi, D-1000 lik 4 332 metr tarmoq montaj qilindi, D-1400 lik kojox 610 metr o‘rnatildi, ishlar davom ettirilmoqda.

Ushbu lot doirasida qo‘shimcha tarzda Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi kesishmasidan Ali Qushchi ko‘chasiga qadar mavjud suv tarmog‘iga ikkilamchi quvurlarni tortish va 3 dona suv quduqlarini (kamera) o‘rnatish va Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasigacha D-500 bo‘lgan ichimlik suv tarmog‘ini yangisiga almashtirish ishlari boshlangan bo‘lib, hozirda ko‘chaning Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasiga tomon D-500 o‘lchamdagi 290 metr tarmoq montaj qilindi, ishlar davom ettirilmoqda.

 


Oxirgi o‘zgarish: 20/11/2024 17:06.   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/tenders/ab144

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.