Buning uchun mahallalarga ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berildi.
Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektoridan iborat “yettilik tizimi” tashkil etildi.
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toyloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan press-turda ham mahalla yettiligi faoliyat yuritishi, aholi muammolarini o‘rganib, qonuniy yechim topishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
Xususan, tumanning Sochak mahallasida bo‘lgan OAV vakillari mahalla faollari bilan suhbatlashishdi. Mahalla yettiligining vazifalaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan ishlar va galdagi rejalar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
-Mahallamiz binosi 2022-yilda “Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lib, 2023-yilda zamonaviy va ko‘rkam qiyofada foydalanishga topshirildi, -deydi mahalla raisi Muhammad Normatov. -Mahalla yettiligi hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahalladagi muammolarga hamjihatlikda, maslahatlashib, tumandagi korxona va tashkilotlarni jalb qilgan holda yechim izlayapmiz.
Toyloq tumanida 50-ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, mahalla yettiligi samarali faoliyat olib borishi uchun barcha shart sharoitlar yaratib berilgan 2020-2024 yillarda tumandagi 16 ta mahalla binolari zamonaviy talablarga mos darajada qurilib, foydalanishga topshirildi. 15 ta mahallaga mebel va zamonaviy komp’yuter jamlanmalari, planshetlar bilan ta’minlangan. Mahalla fuqarolar yig‘inlari internet tarmog‘iga to‘liq ulangan, ma’lumotlar almashish va aholi muammolarini qisqa muddatda hal etish, tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish, ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yish maqsadida barcha mahallalar IJRO.GOV.UZ idoralararo hujjat aylanish tizimiga ulangan. Tegishli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqilib, mavjud muammolar yechimi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.