.
Viloyat hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun navbatdagi press-tur 25 iyun kuni Samarqand tumanida tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari dastlab tumandagi "Xo‘ja Ahrori Valiy majmuasi"ni ziyorat qildi. So‘ngra "Xaymari bolo" mahalla fuqarolar yig‘inida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus asosida tashkil etilgan kutubxonaning ochilish marosimida ishtirok etishdi.
Press-tur ishtirokchilari “AGROMIR” kompaniyalar guruhiga qarashli sharbat va konserva ishlab chiqarish zavodi va “A’zam Azamat agro” fermer xo‘jaligida faoliyati bilan tanishishdi. Shuningdek, “Inter kristal savdo servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiyalar asosida turli o‘lchamdagi metall quvur va profillar ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirishdi. Shu bilan bir qatorda Dehnav mahallasida davlat-xususiy sherikchilik asosida yaqinda tashkil etilgan “Dilnura Angelina” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi, Konigil qishlog‘idagi qog‘oz ishlab chiqarish va kulolchilik ustaxonalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.