.
PRESS – RELIZ
Samarqand viloyati Nurobod tumani Jom qishlog‘i, 2018-yil 21-sentyabr
JOM OBOD QISHLOQQA AYLANDI
Nurobod tumanining Jom va Girdiqo‘rg‘on qishloqlarida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar yakuniga yetkazildi.
Shu munosabat bilan ushbu qishloqda o‘tkazilgan tadbirlarda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov, viloyat jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.
Qishloq aholisi uchun arzonlashtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi, xalq o‘yinlari, sport musobaqalari o‘tkazildi.
Qishloqdagi ikkita sahnada viloyat san’atkorlari va badiiy jamoalari tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi.
Jom - tarixiy maskan
Jom - Samarqandning qadimgi darvozalaridan biri. Qashqadaryoning Chiroqchi tumani va Ulus cho‘llariga tutashib ketgan qishloq nafaqat viloyat, balki respublikamizning eng “keksa”, shu bilan birga, aholisi 30 mingdan oshgan yirik aholi maskanlaridan biridir.
Jom qishloq fuqarolar yig‘ini tarkibida Jom, Girdiqo‘rg‘on, Tegirmonboshi, Omondara kabi katta mahallalar bor. Hududi ham shunga monand – juda tarqoq.
Jomning qadimgi nomi arxiv materiallarida keltirilishicha, YaM bo‘lib, pochta, aloqa bo‘limi degan ma’noni berar ekan. O‘zga muzofotdan kelib ketayotgan choparlar shu yerda charchagan otlarini boshqa ot bilan almashtirib, yo‘lini davom ettirganlar. Turli talqinlarga ko‘ra, YaM, JAMga aylanib, oxirgi JOM ko‘rinishini olgan, degan taxminlar bor.
“Obod qishloq” dasturini amalga oshirish bo‘yicha
Jom mahallasida 1253 oila, 1065 ta xonadon bor. Ularda 7612 nafar aholi istiqomat qiladi.
Girdiqo‘rg‘on mahallasida 847 oila, 752 xonadonda 4187 nafar aholi yashaydi.
Dasturni amalga oshirish doirasida qishloqda tashabbuskorlar, homiy tashkilotlar tomonidan 761 ta uy-joyda ta’mirlash ishlari olib borildi.
Qo‘shimcha 82 ta uy-joy qayta ta’mirlandi, yo‘l yoqasida 380 metr masofada devor ishlari bajarildi, 10 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi. Hudud to‘liq obodonlashtirildi.
“Obod qishloq” dasturi doirasida bitta maktabgacha ta’lim muassasasi, bitta qishloq oilaviy poliklinikasi, 420 o‘rinli “Jom dehqon bozori” foydalanishga topshirildi.
Hammom, 2 ta avtobekat, 3 ta avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va 14 ta savdo hamda umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurildi.
Namunaviy loyihalardagi uy-joylar bo‘yicha
“Qishloq qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati Samarqand filiali buyurtmasi asosida Jom mahallasida 6 sotix, 3 xonali 50 ta namunaviy loyiha asosidagi arzon uy-joylar qurildi. 8 ta pudrat tashkiloti bilan 9 mlrd. so‘mlik shartnoma tuzildi, 3 mlrd. 257 mln. so‘mlik mablag‘ moliyalashtirildi.
2 sotixli, 2 xonali namunaviy loyihalar asosida 25 ta uy-joy qurildi.
Yo‘l qurilishi bo‘yicha
Jom va Girdiqo‘rg‘on mahallalaridagi 7,76 km uzunlikdagi yo‘llarda asfalt yotqizildi, 22,1 km masofadagi tuproq yo‘lga tosh qoplamasi to‘shaldi. Ichki yo‘lga asfalt-beton yotqizishga 1 mlrd 172 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.
5 839 metr uzunlikda to‘siq (bardyur) o‘rnatildi, 1963 metr masofaga irrigatsiya latoklari qo‘yildi. 3878 metr piyodalar yo‘lagi qurildi. Yo‘lning uzunligi bo‘ylab 2000 dona har hil navdagi manzarali va mevali daraxtlar ekildi.
282 mln. so‘m mablag‘ hisobiga qishloq o‘rtasida uzunligi 16, eni 6 metr bo‘lgan yangi ko‘prik qurildi. Bundan tashqari, 3 ta ko‘prik rekonstruksiya qilindi.
“Jom dehqon boziri”ga kirish hovlisi hamda avtoturargoh ta’mirlandi (1 mlrd. so‘m).
Elektr tarmoqlari qurilishi bo‘yicha
Qishloqda 12 ta yangi transformator o‘rnatildi, 6 ta transformator kapital ta’mirlandi. 1230 dona temir-beton ustun qo‘yilib, 45 km. uzunlikdagi havo tarmog‘i rekonstruksiya qilindi.
Markaziy va ichki ko‘chalarga 30 ta, yangi bozor hududi, Jom va Girdiqo‘rg‘on mahallalari markaziy maydonlarida 12 ta, jami 42 ta tungi yoritish ustunlari o‘rnatildi.
Gaz ta’minoti bo‘yicha
Jom qishlog‘i va unga tutash hududlarda suyultirilgan gaz balloni tashish uchun bir dona “Isuzu” rusumli avtomashina ajratildi. Aholiga 2105 dona suyutirilgan gaz balloni yetkazib berildi.
1817 xonadon to‘liq gaz ballonlar bilan ta’minlandi.
Aholining suyultirilgan gazga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida “Jom gaz servis markazi omborxonasi” foydalanishga topshirildi.
Suv ta’minoti bo‘yicha
“Obod qishloq” dasturiga qadar hududda istiqomat qilayotgan aholining markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish ko‘rsatkichi 27 foizni tashkil etgan.
Bunyodkorlik ishlari davomida hududda bir dona suv olish kaptaj, 300 m3 suv havzasi kapital ta’mirlandi. Natijada suv chiqarish quvvati ikki barobar oshirildi.
Jom mahallasida 3 ta yangi ichimlik suv inshooti qurildi.
Girdiqo‘rg‘on mahallasida 2 ta ichimlik suv inshooti qurildi va bittasi rekonstruksiya qilindi.
52 ta ko‘cha kolonkalari (kranlari) o‘rnatildi. Markazlashgan suv tarmog‘i yetib bormagan aholini ichimlik suv bilan ta’minlash uchun 2 ta maxsus suv tashuvchi avtomashina ajratildi va suv tashuvchi maxsus texnikaga suv olish nuqtalari tashkil etildi. Aholining chorva mollarini sug‘orish uchun 12 ta hovuz qazildi.
Ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyoj Jom qishlog‘ida to‘liq bartaraf etiladi.
Suv inshootlari va suv tarmoqlarida avariya holati ro‘y bersa, uni o‘z vaqtida bartaraf qilish maqsadida barcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan 2 ta yangi maxsus mototsikl xarid qilindi.
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha
Jom qishlog‘ining 20 ming 733 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 7504 kishida turli xil kasalliklar aniqlandi. 5834 kishi ambulator, 1041 kishiga statsionar ravishda davolandi.
2475 fuqaro UZI, EKG-flyurografiya, laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi.
Hududdagi maktablar o‘quvchilari to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Viloyat nogironlar reabilitatsiya markaziga 24 ta order berildi.
Davlat xizmatlari agentligi bo‘yicha
54 ta tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, 5 ta o‘lim guvohnomasi hamda 680 kishiga pasport rasmiylashtirildi.
31 nafar tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
39 ta nikoh guvohnomasi va 7 ta takroriy nikoh guvohnomasi berildi.
Sud-huquq masalalari bo‘yicha
Jom va Girdiqo‘rg‘on mahallalarining pasport olish muddati o‘tib ketgan fuqarolarni jarimadan ozod qilish hamda ularning hujjatlariga asosan egalik huquqini belgilash uchun fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha viloyat sudlari sudyalari jalb etildi.
Sud-huquq masalalari bo‘yicha 63 ta xizmatlar amalga oshirildi. 3 ta notarial xizmatlar bajarildi, 983 kishiga huquqiy maslahat berildi.
Sanitar-tozalik ishlari bo‘yicha
Jom qishlog‘ining 460 xonadonida termit tarqalganligi aniqlanib, muammoni o‘rganish va bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Termitlarga qarshi kurashish markazi mutaxassislari chaqirildi.
Termitga qarshi ikki marta ishlov berilib, buning uchun 30 mln. so‘mlik 20 100 dona g‘o‘rak keltirildi.
Tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi xodimlari tomonidan termit g‘o‘raklari xonadonlarga tarqatildi.
Issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha
Jom va Girdiqo‘rg‘on mahallalarining 500 ta xonadonida imtiyozli kredit hisobidan xandak usulida issiqxona tashkil etish rejalashtirilgan.
Bugungi kungacha 266 issiqxona uchun handak qazildi, “Tomorqa xizmati” tomonidan 57 ta issiqxona yopildi hamda tomchilatib sug‘orish vositalari va ko‘chatlar bilan ta’minlandi.
Tuman hokimligi tomonidan kam ta’minlangan oilalarga tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2182 tup olma, uzum ko‘chatlari, 204 tup limon ko‘chati, 11450 dona pomidor urug‘i tarqatildi.
Hududda 18 ta texnika daraxt ko‘chatlarini sug‘orishga jalb etilgan.
Homiylik ishlari bo‘yicha
Aholi xonadonlari o‘rganilib, ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalar hamda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga uy jihozlari, kir yuvish vositalari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Jumladan:
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida “Ustoz” o‘quv markazi tomonidan o‘quv kurslari tashkil etildi, qandolatchilik, tikish-bichish, to‘qish bo‘yicha o‘qishga jalb etildi.
Uy-joylarni ro‘yxatga olish bo‘yicha
“Ermulkkadastr” davlat korxonasi tomonidan Jom qishlog‘ida mavjud aholi turar-joylari xatlovdan o‘tkazilib, 1815 uy-joyga kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi.
436 xonadonga tuman hokimligi tomonidan egalik huquqini belgilash bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Ta’lim muassasalari bo‘yicha
Jom mahalla fuqarolar yig‘inida bog‘cha yoshidagi bolalar 528 nafarni tashkil etadi.
Viloyat hokimligining tashabbusi bilan mahalla hududida “Binafsha” nomli 60 o‘rinli zamonaviy 9-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Muassasada 12 nafar mutaxassis ish bilan ta’minlandi.
Qurilish ishlari “Temir qalqon” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borildi. Loyihaning umumiy qiymati 1 mlrd. 668 mln. so‘mni tashkil etadi. Qurilish ishlariga 1 568,7 mln. so‘mlik va jihozlarga qariyb (mebel, oshxona, sport inventarlari) 1 mlrd. so‘m mablag‘ sarflangan.
Hududdagi 22-, 23-, 45-umumta’lim maktablarining yo‘laklari yangilandi, sport zallari ta’mirdan chiqarildi, yoritish chiroqlari almashtirildi, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Maktab hovlisi devor bilan o‘raldi, jihozlar bilan ta’minlandi.
Qishloqdagi Jom iqtisodiyot va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kolleji hududi obodonlashtirilib, yangi o‘quv va mebel jihozlari bilan ta’minlandi.
Madaniy tadbirlar va sport musobaqalari
Dasturni amalga oshirish davomida Jom qishlog‘ida 34 marta ko‘chma kinoteatr tomonidan milliy filmlar, viloyat teatrining spektakllari hamda samarqandlik san’atkorlarning konsert dasturlari namoyish etildi.
Navro‘z bayrami umumxalq sayli sifatida nishonlanib, unda viloyat jamoatchiligi vakillari qatnashdi. Tadbir doirasida milliy taomlar festivali, kurash, marafon, velomarafon, bo‘yicha birinchilik, shuningdek, xalq o‘yinlari o‘tkazildi.
Jom qishlog‘idagi stadion ta’mirlanib, aholining sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoit yaratildi. Maktablar va kollej qoshida o‘ttizdan ortiq sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
Telefon: (366) 233-53-86, 235-63-80
E-mail: sampressa@inbox.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 12
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.