Avval xabar berganimizdek, ertaga xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat hokimi E.Turdimov joriy yil yakunlari va 2022 yil rejalari yuzasidan aholiga murojaat qilishi rejalashtirilgan.
Sessiya oldidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun viloyat bo‘ylab press-tur tashkil etildi.
Ayni paytda press-tur ishtirokchilari Urgut tumanining Mergancha massivida joylashgan “NUR SAM QUR” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishmoqda.
Mazkur korxonada dastlab qiymati 50 180,0 mln. so‘mlik mato ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi va 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan edi. Korxona tomonidan 2020-yilning o‘zida Xitoy davlatidan 3500 ming dollarlik mato ishlab chiqarish uskunalari olib kelinib, loyiha ishga tushirildi va 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Joriy yil mobaynida korxona tomonidan 16200 mln. so‘mlik tekstil mahsulotlari ishlab chiqarildi va ushbu ishlab chiqarilgan mahsulotning 60-70 foizi eksportga yo‘naltirilmoqda.
O‘ktam Xudoyberdiev,
Baxtiyor Mustanov (foto).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.