w w w . s a m a r k a n d . u z

YUNESKOning yangi Bosh direktori kuzatib qo‘yildi

YUNESKOning yangi Bosh direktori kuzatib qo‘yildi

Bugun Samarqand xalqaro aeroportida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev YUNESKOning yangi saylangan Bosh direktori Xolid Ahmad al-Ananiyni kuzatib qo‘ydi.

Kuzatish marosimi jarayonida mehmon bilan qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi.
Xolid Ahmad al-Ananiy Samarqandda o‘tkazilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi har jihatdan yuksak saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidladi. Barcha ishtirokchilar uchun yaratilgan sharoit, ko‘rsatilgan ehtirom va mezbonlik uchun minnatdorlik bildirildi.
Ma'lumot o‘rnida aytish kerakki, mazkur sessiya davomida Xolid Ahmad al-Ananiy YUNESKOga Bosh direktor etib saylandi. Shu tariqa u tashkilot tarixida 12-bosh direktor, shuningdek, arab millatiga mansub ilk rahbar sifatida nom qoldiradigan bo‘ldi.
Samarqandda o‘tkazilgan nufuzli anjuman YUNESKOning global miqyosdagi faoliyatida yangi bosqichni boshlab berishi, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuning bilan mehmonlar Samarqand xalqaro aeroportidan uchib ketishdi.

Kiritilgan vaqti: 14/11/2025 15:10.   Ko‘rilganligi: 21
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yuneskoning-yangi-bosh-direktori-kuzatib-qoyildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing