w w w . s a m a r k a n d . u z

Yoshlar yetakchilari uchun seminar tashkil etildi

Yoshlar yetakchilari uchun seminar tashkil etildi

Viloyat "Yoshlar markazi"da Yoshlar ishlari agentligining tuman va shahar bo’limlari boshliqlari va mahalla yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda asosiy eʼtibor Prezidentimizning 2025-yil 10-sentyabrdagi PF-163-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratildi.

Unda yoshlar bilan ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, yoshlarning kasbiy qiziqishlarini erta aniqlash, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish hamda yoshlarga oid ma’lumotlarni yagona elektron bazaga kiritish masalalari muhokama qilindi.

Yoshlar yetakchilariga Farmonning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, amaliy tavsiya va ko‘nikmalar berildi.
O’quv-seminari hududlarda davom etmoqda.


Kiritilgan vaqti: 13/09/2025 11:20.   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yoshlar-yetakchilari-uchun-seminar-tashkil-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing