w w w . s a m a r k a n d . u z

Yosh parlament a’zolari Samarqandda

Yosh parlament a’zolari Samarqandda

Samarqand shahrida Oliy Majlis Senati hamda Parlamentlararo ittifoq hamkorligida Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Konferensiya ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyevning forum qatnashchilariga tabrigini Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, tadbirda Parlamentlararo ittifoq prezidenti Tuliya Ekson xonim, ittifoq bosh kotibi Anda Filip xonim, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov ishtirok etmoqda.
“Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida” mavzusida o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro anjumanda dunyoning 58 ta mamlakatidan yosh parlament a’zolari, 11 ta xalqaro tashkilot vakillaridan iborat 250 ga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.

Oxirgi o‘zgarish: 04/09/2026 19:36.   Ko‘rilganligi: 279
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yosh-parlament-azolari-samarqandda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing