w w w . s a m a r k a n d . u z

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaraning bosh mavzusi Samarqand shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli loyihani amalga oshirish istiqbollari va keyingi bosqichlari, yaʼni zamonaviy elektrobuslar xarid qilish va ularning samarali ishlashi uchun zarur infratuzilmani yaratish masalalari bo`ldi.
Uchrashuvda tomonlar elektrobuslar deposi qurilishining bugungi holatini atroflicha ko‘rib chiqdilar. Qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, barcha texnologik me’yor va standartlarga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, YeTTB vakillari va viloyat rahbariyati loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkasi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi. Ushbu bosqich elektrobuslar yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish va infratuzilmani yanada rivojlantirishni nazarda tutadi, bu esa, o‘z navbatida, Samarqand shahri aholisi va mehmonlari uchun transport qulayligini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Adiz Boboyev hudud aholisning hayot sifatini yaxshilash uchun transport va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. U Samarqand viloyati hokimligi tomonidan yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirib, loyihani amalga oshirishning barcha jihatlari bo‘yicha kelgusida yaqin hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Kiritilgan vaqti: 25/03/2025 18:35.   Ko‘rilganligi: 43
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yevropa-tiklanish-va-taraqqiyot-banki-vakillari-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing