w w w . s a m a r k a n d . u z

Yaponiyada Samarqand sayyohlik salohiyati va madaniyati targ‘ib qilinmoqda

Yaponiyada Samarqand sayyohlik salohiyati va madaniyati targ‘ib qilinmoqda

“Osaka EXPO-2025” Butunjahon ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston pavilonida xalqimizning asrlar davomida saqlanib kelayotgan madaniy merosi namoyish qilinmoqda.

Ushbu pavilonda Samarqand turizm va madaniyati ham targ‘ib qilinmoqda. Unda diqqatga sazovor tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar va turizm resurslari haqida ma'lumotlar berilmoqda.
Ko‘rgazma ishtirokchilari O‘zbekiston madaniy merosi, shuningdek, Samarqandning o‘ziga xos sayyohlik obyektlari va tarixiy qadriyatlari, milliy musiqa san'ati haqida tasavvur va tushunchalarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Bundan tashqari, Yaponiyaning Nara prefekturasi va Samarqand viloyati hamkorligida ushbu hududlarga xos bo‘lgan madaniy meros ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Kiritilgan vaqti: 24/07/2025 20:57.   Ko‘rilganligi: 35
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yaponiyada-samarqand-sayyohlik-salohiyati-va-madaniyati-targib-qilinmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing