w w w . s a m a r k a n d . u z

Yangi O‘zbekistonning yuksalish simfoniyasi

Yangi O‘zbekistonning yuksalish simfoniyasi

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, taniqli adib Abdusaid Ko‘chimovning «Yuksalish simfoniyasi» nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Husan To‘xtayev, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Qozoqboy Yo‘ldoshev, «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalari tahririyati bosh muharriri, Oliy Majlis Senati a’zosi Husan Ermatov va boshqalar so‘zga chiqdi.
– «Yuksalish simfoniyasi» hurmatli Prezidentimizning xalqparvar, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan siyosati samarasida o‘zgarayotgan shahar va qishloqlarimiz, ulkan bunyodkorlik ishlari va xalqimiz ongu tafakkuri, dunyoqarashidagi o‘sish haqida hikoya qiladi, – dedi Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xolmurodov.

Oxirgi o‘zgarish: 11/03/2026 16:54.   Ko‘rilganligi: 82
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yangi-ozbekistonning-yuksalish-simfoniyasi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing