w w w . s a m a r k a n d . u z

Yangi o‘quv yili boshlandi

Yangi o‘quv yili boshlandi

Bugundan barcha maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangrab, yangi o‘quv yili boshlandi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Samarqand shahridagi 43-maktabda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida qatnashdi.
Viloyat rahbari maktab o‘quvchilariga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat tiladi. Ularning o‘qib-izlanib, til o‘rganib, kelgusida malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.
Shuningdek, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, farzandlar ta’lim-tarbiyasida ota-otalar rolini oshirish bo‘yicha fikrlarini bildirdi.
Maʼlumot o‘rnida aytish kerakki, yangi o‘quv yilida viloyatimizdagi 1272 ta umumta’lim maktablari va 46 ta nodavlat ta’lim muassasalarining 1-sinfiga 91 740 nafar o‘quvchi qabul qilinmoqda.
Ushbu maktab ostonasiga ilk bor qadam bosgan 140 nafar bolajonlarga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat "Prezident sovg‘asi" topshirildi.

Kiritilgan vaqti: 02/09/2025 10:26.   Ko‘rilganligi: 46
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yangi-oquv-yili-boshlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing