w w w . s a m a r k a n d . u z

Yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi

Yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi

Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida viloyatda 11 ta maktabda qurilish-ta’mirlash, 7 ta maktabda qo‘shimcha binolar qurilishi natijasida 4 170 ta qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratilmoqda.

Zamonaviy maktablarni qurish va ta’mirlashda tadbirkorlar ham tashabbuskorlik ko‘rsatmoqda. Jumladan, Samarqand shahridagi 52-maktabda tadbirkor Ilhom Rustamov tomonidan 15 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, yangi 540 o‘rinli o‘quv binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Yangi binoning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev boshchiligidagi mutasaddilar, shahar faollari, maktab o‘qituvchilari, mahalla nuroniylari hamda ota-onalar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar mahalla ahli va maktab pedagogik jamoasini mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi hamda yangi maktab binosining foydalanishga topshirilishi bilan samimiy tabrikladi. Ochilish marosimida ta’lim maskani bunyodkorlariga minnatdorchilik bildirdi.
Bundan tashqari, tadbirkor tomonidan maktabning 960 o‘rinli eski binosida ham mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi. Yangi 4 qavatli bino o‘quv va kasb-hunarga o‘rgatish, axborot texnologiyalari xonasi, chet tillarini chuqur o‘qitish xonalari, kutubxona va oshxona hamda sport maydonlaridan iborat.
Ochilish marosimida ishtirok etgan mutasaddilar, jamoatchilik vakillari, nuroniylar maktabda yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalarini tomosha qilishdi.

Kiritilgan vaqti: 30/08/2025 21:05.   Ko‘rilganligi: 76
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yangi-maktab-binosi-foydalanishga-topshirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing