w w w . s a m a r k a n d . u z

Xitoylik investor toshni qazib olish loyihasini kengaytirmoqchi

Xitoylik investor toshni qazib olish loyihasini kengaytirmoqchi

Xitoylik investor Lian Yebin Samarqand viloyatining olis Qo‘shrabot tumanida granit toshini qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirishni maqsad qilgan.

Bu jarayonda investor tumanda xorijiy korxona uchun bino qurish ishlarini olib borib, dasthgohlarni ham olib kelgan.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev bilan uchrashuvda u faqatgina granit toshini qazib olish va uni qayta ishlash bilan shug‘ullanmay, kelgusida faoliyatini kengaytirib xizmat turlarini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganligini bildirdi.
Lian Yebinning loyihasiga ko`ra, 150,0 ming.м3 granit toshni qazib olib, undan 2.2 million. м2 tayyor mahsulot ishlab chiqarib xorijiy davlatlarga eksport qilishni maqsad qilgan. Bu uchun elektr ta’minoti, soliqlar bo`yicha imtiyozlardan unumli foydalanish istagi borligini bildirdi.
Viloyat rahbari investorga mavjud imkoniyat va Qo`shrabotning boy salohiyatini hisobga olib ishlashi zarurligi, tuman uchun istiqbolli bo`lgan loyihalarini yanada takomillashtirishga qonun doirasida unga yordam ko`rsatishga tayyor ekanligini bildirib o`tdi.

Oxirgi o‘zgarish: 22/02/2025 15:35.   Ko‘rilganligi: 10
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/xitoylik-investor-toshni-qazib-olish-loyihasini-kengaytirmoqchi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing