w w w . s a m a r k a n d . u z

Xitoy va SHHT a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tdi

Xitoy va SHHT a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tdi

Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahrida o‘tkazilgan mazkur konferensiyada Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Feruz Abilov boshchiligidagi Samarqand viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Unda SHHTning savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha joriy vazifalar, natijalar va rejalar haqida ma’lumotlar berildi. Tashkilotning ulkan iqtisodiy salohiyatini tajriba zonalari, transchegaraviy hamkorlik markazlari, transport-logistika markazlari, yarmarka va ko‘rgazma maydonchalari hamda nodavlat platformalar imkoniyatlaridan foydalangan holda yanada kengroq amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli rejalar ko‘rib chiqildi.
So‘z chiqqanlar Sindao shahridagi “Xitoy-SHHT” mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘rgazmali zonasining SHHT mamlakatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik, ishbilarmonlik va mintaqalararo aloqalarni mustahkamlashdagi konstruktiv rolini alohida qayd etishdi.
Konferensiyada toza energiya, yuqori darajadagi uskunalar, zamonaviy qishloq xo‘jaligi va boshqalar sohalarida sanoat sohasini kuchaytirish, ikki tomonlama savdo ko‘lamini yanada kengaytirish, infratuzilma aloqalarini jadallashtirish, pragmatik hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Kiritilgan vaqti: 22/07/2025 10:45.   Ko‘rilganligi: 190
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/xitoy-va-shht-azo-mamlakatlar-ortasidagi-savdo-iqtisodiy-hamkorlik-boyicha-konferensiya-bolib-otdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing