w w w . s a m a r k a n d . u z

Xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqand shahrida MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘tkazilmoqda.

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning majlis qatnashchilariga murojaatini Prezident huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi Vladimir Mahmudov o‘qib eshittirdi.
Davlatimiz rahbari o‘z murojaatida bugun dunyoda global geosiyosiy vaziyat murakkablashib, an’anaviy chaqiriq va tahdidlar kuchayib, yangilari paydo bo‘layotgan sharoitda Hamdo‘stlik davlatlarining xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha pozisiyalarini mustahkamlash har qachongidan ham zarurligini ta’kidlagan.
Tadbirda ishtirokchilar zamonaviy xavf va tahdidlar yuzasidan fikr almashib, MDH davlatlari razvedka xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha galdagi vazifalarni muhokama qiladilar.
Uchrashuv yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikning aniq vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishi ko‘zda tutilgan.

Kiritilgan vaqti: 17/10/2025 11:42.   Ko‘rilganligi: 53
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/xavfsizlik-organlari-va-razvedka-xizmatlari-rahbarlarining-majlisi-bolib-otmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing