Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 20-fevral kuni ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida
joylarda vasiylik va homiylik masalalari, ota-ona qaramog’idan mahrum bolalar bilan ishlash bo’yicha qator topshiriqlar berilgan edi.
Viloyat hokimligida o’tkazilgan navbatdagi muhokamada ushbu topshiriqlar ijrosi hamda mazkur yo’nalishlarda viloyatda olib borilayotgan ishlar, yutuq va kamchiliklar haqida so’z bordi.
Erkinjon Turdimov rahbarligida o’tkazilgan tanqidiy, tahliliy muhokamada viloyat bo‘yicha 2023-yilda ichki ishlar organlarida 619 nafar voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilganligi, ularning 69 nafari qizlar deb qayd etilganligi ma’lum qilindi.
Huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmaganlarning 80 nafari Samarqand shahri, 113 nafari Urgut, 82 nafari Pastdarg’om va 63 nafari Ishtixon tumanlari hisobiga to’g’ri kelinayotganligi, mas’ullar tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosi yetarli darajada olib borilmayotganligi tanqid qilindi. Ushbu hududlar mas’ullarining hisoboti tinglandi.
Mas’ullar tomonidan tahlillar huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmaganlarning ko’p qismini oilaviy ajrimlar hamda ota-onalarining chet elga ketgani bois qarovsiz qolgan bolalar tashkil etayotganligini ko‘rsatayotganligi bildirildi.
Hududlarda voyaga yetmaganlarning ma’naviy, axloqiy, huquqiy, estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasida ishtirok etish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga yordam berishga barcha birdek mas’ul bo’lishi zarurligi ta’kidlandi
Yakunda mas’ullarga voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g’ayriijtimoiy hatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan topshiriq va ko’rsatmalar berildi.
Amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar bir oydan so’ng yana tanqidiy ruhda tahlil etilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 1
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.